SamTVR | MTRK
4.23K subscribers
81.5K photos
36.5K videos
341 files
46.9K links
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi rasmiy kanali.
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
14 январь - Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам тадбирлари Самарқанд шаҳридаги ёшлар марказида давом этди.

Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов иштирокчиларни табриклади.

Бир гуруҳ ҳарбий хизматчилар, ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимлари, вилоят ҳокими ўринбосарлари Мудофаа вазирлигининг кўкрак нишонлари ва ҳокимликнинг фахрий ёрлиғи ҳамда совғалари билан тақдирланди.

Қувонарлиси тадбирда “Самарқанд” ташқи иқтисодий фаолият божхона постининг божхона назорати гуруҳи катта инспектори Махмудов Феруз ҳам вилоят ҳокимининг фахрий ёрлиғи билан тақдирланди.

https://tttttt.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Urgut tuman kengashining tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi

Tadbirda tuman hokimi B.Jabborov, tegishli tashkilot mutasaddilari, faollar hamda 120 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirok etdi.

Tashkiliy yig‘ilishda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosi ko‘rib chiqildi. Mahallalar uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha xodimlari zimmasiga yuklanayotgan ustuvor vazifalar ijrosi muhokama etildi.

Kun tartibi ovozga qo‘yilgach, ta’sis kengashiga delegatlar saylandi.

https://tttttt.me/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi hamkorlikka chorlaydi!

https://tttttt.me/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"  hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi muborak bo'lsin!

#Yurtposbonlaribayrammuborak

https://tttttt.me/SamTvr
SAMARQAND VILOYATI "NURONIY" JAMG'ARMASI
#Билган_яхши

📓Давлат фуқаролик хизматчилари одоб-ахлоқининг намунавий қоидаларига кўра

⚡️Давлат хизматчилари хизмат сафарлари, назорат тадбирлари давомида меҳнат фаолияти билан боғлиқ бўлган ҳар қандай турдаги сарф-харажатларни бошқа шахслар ҳисобидан амалга оширмаслиги керак

❗️Эслатма: давлат хизматчисининг Одоб-ахлоқ қоидаларини бузиши уларни қонунга мувофиқ интизомий ва бошқа жавобгарликка тортиш учун асос бўлади

https://tttttt.me/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари 
#Ректор_табриги

ҲАР БИРИМИЗ ВАТАН ҲИМОЯЧИСИМИЗ!

Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Rektor_tabrigi

HAR BIRIMIZ VATAN HIMOYACHISIMIZ!

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://tttttt.me/SamTvr
#JARAYON

"Yulduz" MFY hududidagi chiqindixona tozalanib, chiqindilar olib chiqib ketildi. Shuningdek, Beruniy ko'chasidagi 84-ko'p qavatli uyning oldidagi qurilish chiqindisi ham olindi.

https://tttttt.me/SamTvr
#JARAYON

Al-Xorazmiy ko'chasidagi 139-ko'p qavatli uyning yonidagi chiqindilar tozalandi. Shuningdek, Yulduz MFY Beruniy ko'chasidagi 80-ko'p qavatli uyning 34-xonadondan chiqarilgan qurilish chiqindilari ham olindi.

Shota Rustaveli ko'chasidagi 4-A va Xayotobod MFY dagi 42-ko'p qavatli uyning oldidagi chiqindilar  tozalandi.

https://tttttt.me/SamTvr
🚨Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga kuchli shamol vaqtida xavfsizlikka rioya etish bo’yicha tavsiyalari

- yashash joylarda eshik derazalar, cherdak va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o’chirish;
- ko’chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko’p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalaridagi hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo’yish yoki mustahkam qilib harakatsizlantirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, metro bekatlari, er osti o’tish yo’llari va boshqa er osti himoya inshootlariga yashirinish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari, va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- elektr va gaz jihozlari tekshirilgandan so’ng foydalanish talab etiladi.