Edu.uz
141K subscribers
15K photos
2.94K videos
205 files
10.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Mutolaa

📚 “Abu Rayhon Beruniy” romanining 11-qismi: “Movarounnahr”, “Movarounnahr yurishi”, “Yusuf Qodirxonning Sulton Mahmud bilan uchrashuvi” hikoyalari.

📖Maroqli mutolaa

👉
https://online.pubhtml5.com/tfmma/ccka/

PDF shaklida o‘qish

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#SUHBAT

Vazir Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori (direktor o‘rinbosari) va huzuridagi akademik litseylar bo‘lgan OTMlarining ijrochi direktori lavozimiga tavsiya etilgan 14 nafar nomzod bilan suhbat o‘tkazdi.

Vazir nomzodlarning har biri bilan shaxsan muloqot qilib, ularning ish tajribasi bilan yaqindan tanishdi va o‘zaro fikr almashishdi. Yakunda tavsiya etilgan nomzodlar munosib deb topildi.

Ma’lumot o‘rnida, oliy ta’lim muassasalari prorektorligiga nomenklatura asosida shakllantirilgan 3 nafardan iborat nomzod vazirning tegishli o‘rinbosarlari suhbati natijasiga ko‘ra saralangan holda lavozimga tavsiya etilgan. Shuningdek, akademik litseylarning ijrochi direktori lavozimiga ham nomzodlar ushbu tartibda suhbatdan o‘tkazilib, tavsiya asosida tasdiqlanadi.



Министр Иброхим Абдурахмонов провёл беседу с кандидатами на должность первого проректора по делам молодежи и духовно-просветительской работе высших образовательных учреждений, проректора по научной работе и инновациям (заместитель директора) и исполнительного директора вузов при которых действуют академические лицеи.

Министр лично пообщался с каждым из кандидатов, ознакомился с их опытом работы. По итогам беседы рекомендованные кандидаты были одобрены.

3 кандидата, сформированные на основе номенклатуры проректоров высших образовательных учреждений, были рекомендованы на должность после отбора по результатам собеседования соответствующих заместителей министра. Также кандидаты на должность исполнительного директора академических лицеев проходят собеседование в данном порядке и утверждаются на основании рекомендаций.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 29-may kuni Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Jamoliddin Yoqubovni qabul qildi.

J. Yoqubovning Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan oʻtkaziladigan test imtihonlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyat va sharoitlar yaratish yuzasidan murojaati ko‘rib chiqildi.

Masalani ijobiy hal etish maqsadida koʻrish, gapirish va eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun xorijiy tillardan test savollarini istisno tariqasida olib tashlash boʻyicha mas’ullarga koʻrsatma berildi.

30-may kuni Jamoliddin Yoqubov imtihonlarni ogʻzaki qayta topshirib, malaka oshirish sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#abituriyent2023
#imtiyoz

⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_festivali
#videolavha

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida “Iqtisodiyot universiteti — kelajak bunyodkorlari maskani” nomli talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davomida 10 ga yaqin turli tadbirlar, xususan, milliy sport o‘yinlari haftaligi, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, QVZ tanlovi, sport musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda ko‘ngilochar bayram dasturlari o‘tkazildi.

Bayram tadbirlari davom etadi...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#talabalar_festivali

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy universitetida talabalar festivali haftaligiga start berilgan edi. Bugun haftalik doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda 16 ta fakultetdan 32 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqa 1 000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni qamrab oldi.

Ma’lumot uchun, g‘oliblar 2-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali tadbirda quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 10 million so‘m;
2-o‘rin: 7 million so‘m;
3-o‘rin: 5 million so‘m.

Qiziqarli tadbirlar davom etadi...

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Fargʻona politexnika institutiga tashrif buyurdi. Vazir institutda davlat xususiy sherikchilik asosida barpo etilayotgan har biri 400 oʻrinli boʻlgan 2 ta talabalar turar joyi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Vazir avval institut hamda “Mashʼal Plyus” MCHJ hamkorligida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi qurilishi bilan tanishdi. Loyihaning umumiy qiymati 25,0 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 10,8 mlrd. soʻm boʻlib, bino joriy yilning iyul oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda binoning fasad, ichki pardoz, ichki kommunikatsiya ishlari olib borilmoqda.

Shundan soʻng, vazir DXSH asosida barpo etilayotgan ikkinchi 400 oʻrinli, umumiy qiymati 25,0 mlrd. soʻm, shundan byudjet mablagʻlari 12,0 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi TTJ binosini barpo etish ishlari bilan tanishdi. Mazkur loyiha institut hamda “The New Grand House” MCHJ oʻrtasida davlat-xususiy sherikchilik asosida bitimga koʻra barpo etilayotgan boʻlib, ushbu talabalar turar joyi joriy yil sentyabr oyiga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu talablar turar joyining yertoʻla qismida 200 oʻrinli oshxona va oʻquv markazi, binoning kirish qismida “book cafe”, wife zonali xonaning borligi mazkur yotoqxonaning boshqalardan ajralib turilishini taʼminlaydi.

Vazir I.Abdurahmonov qurilish jarayonlari bilan tanishish chogʻida ushbu talabalar turar joyi binolariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellari va quyosh kollektorlarini oʻrnatish boʻyicha topshiriqlarni berdi.

Shuningdek, oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov, Italiyaning nufuzli arxitektorlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan institut hududida qurilishi rejalashtirilgan Texnopark hamda 2500 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi loyihasi bilan ham tanishib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube