Edu.uz
141K subscribers
15K photos
2.92K videos
205 files
10.1K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#InnoWeek_2023

Qozog‘iston oliygohlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 11 ta hujjat imzolandi

“InnoWeek-2023” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim, fan va innovatsiya sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova, O‘zbekistondagi Qozogʻiston elchixonasi elchi-maslahatchisi Jaslan Iskakov hamda Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Kamil Akatov, shuningdek, ikki davlatning bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda dastlab Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari O.Abdurahmonov ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar, jumladan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi. So‘ng ushbu aloqalarni kengaytirish hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi hamda O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi hamda Qozog‘iston respublikasi oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim muassasalari rektorlari kengashi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uсhrashuv yakunida ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 11 ta xalqaro shartnoma imzolandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#seminar

2023-yil 17–19-oktabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa ta’lim fondining (ETF) professional ta’lim tizimini rivojlantirish masalalariga oid DARYA loyihasi doirasida “Tegishli malaka uchun ko‘nikmalarga bo‘lgan talabni o‘rganish” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Portugaliya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Estoniya davlatlarining professional ta’lim bo‘yicha ekspertlari ishtirok etib, dual ta’limni tashkil etish va mehnat bozorini o‘rganishning zamonaviy tamoyillari, ishlab chiqarish jarayonlarini intellektuallashtirish va ish beruvchilar tomonidan kadrlarga bo‘lgan talab kabi masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6083

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#live
#InnoWeek2023
#final

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Marosimni jonli kuzatish: https://www.youtube.com/watch?v=HyGomcbQPgQ

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Edu.uz pinned «#live #InnoWeek2023 #final “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish”…»
#InnoWeek2023
#taqdirlash

“InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalikning rasmiy yopilish marosimi “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov kirish so‘zi bilan ochib, kelganlarni samimiy qutladi.

Tantanali yopilish marosimida haftalik doirasida faol ishtirok etgan xorijiy va mahalliy tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlardagi ishtiroki uchun “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi hamda fan va innovatsiyalar bo‘yicha turli tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6084

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube