JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🔷 123456 2023-yilning eng ommabop parolidir...

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁Yumortime: AI bizni ish va ovqatimizni olib qo'yadi deyishganda, taxminan shu xolatni tasavvur qilaman....

@jetmediauz
📲 Yangi turdagi SIM kartalar birdaniga ikki operator bilan chiqadi

Germaniyaning Deutsche Telekom va Shvedlarning Tele2 operatorlari odatiy bo'lmagan yangi turdagi SIM kartani taqdim etishdi. rSIM huddi odatiy SIM kartaga o'xshaydi. Farqi shundaki, undagi chip ikki operatorni bir vaqtda qo'llaydi. Bu orqali esa, 1 SIM kartali telefonlarni 2 SIM operatorlikga o'tqizish mumkin.
Ishlashiga ko'ra, birinchi operator doimo aktiv xolda ishlaydi. Agarda asosiy operator aloqa signalida sifat pasayishi kuzatilsa, unda darxol ikkinchi operator yo'nalishiga o'tiladi.
Ushbu xarakatni yuqorida aytilgan operatorlardan tashqari T-Mobile ham qo'llash niyatida.

@jetmediauz
⚡️Mobil tarmoq avlodlarining ommalashuvi va o'rin almashish bo'yicha qiziq grafik.

Grafikga ko'ra, xar bir texnologiyaninig eng yuqori nuqtaga chiqishi uchun taxminan 10 yilcha kerak bo'ladi. Keyin keyingi avlod keladi. Quyida esa, xar bir avlod qanday imkoniyatlar taqdim etganini ko'rishimiz mumkin:
1G - Personal radioaloqa
2G - Suxbatni shifrlash, SMS, butunlay raqamlashgan aloqa
3G - Internet xizmatining qo'shilishi
4G - Ko'proq internet, ovozli aloqa qo'shimcha xizmat turi sifatida
Beshinchi avlod esa, internet borasida juda katta imkoniyatlar va xizmatlarni olib kelmoqda.
Taxminlarga ko'ra, oltinchi avlod kosmik aloqa bilan uyg'unlashuvi kutilmoqda. Buni esa 2030-yildan keyin sinab ko'rish imkoniyatimiz paydo bo'ladi.

@jetmediauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Texnoentuziast NTDev Windows 10 tizimini 2 daqiqada o'rnatdi.

@jetmediauz
⚡️Mobil tarmoq avlodlari rivojlanishi bo'yicha infografika.

O'zbekistonda deyarli barcha operatorlar tarmoq rivoji bo'yicha zamon bilan hamnafas ketmoqda.
CDMA standartida faoliyat yurituvchi Perfectum ham tez orada o'z tarmog'ini yangitdan shakllantirishni boshlaydi va 5G NR ishga tushirishni reja qilmoqda.

@jetmediauz
🐧 Unix/Linux tarixi infografikada

@jetmediauz
⚡️Rtx 5090 😁

@jetmediauz
😁 DevOps yoki Senior dasturchi ish joyi...

@jetmediauz
🔷 Telegram aktiv foydalanuvchilari soni oshib borish grafigi
Qizig'i, AQSHda xar 4-fuqaro Telegram haqida eshitgan.
Hozirda Telegramda 900 milliondan oshiq aktiv foydalanuvchilar bor. O'sib borish tempiga ko'ra, 1 milliardlik ko'rsatgichga shu yilning o'zidayoq erishish kutilmoqda.

@jetmediauz
📧GMAIL 20 yoshda...
20 yil avval Google Gmail pochta tizimini taqdim etgan edi. Ko'pchilik buni 1-aprel hazili deya tushungan. Sababi, o'sha payt uchun 1Gb pochta uchun joy hech kim bermas edi. Microsoft va Yahoo da bu ko'rsatgich bir bir necha yuz Megabaytni tashkil qilardi.
Avvaliga, 3 yil davomida pochtaga faqat taklif orqali ro'yhatdan o'tish mumkin bo'lgan. 2007-yildan esa barcha uchun ro'yhatdan o'tish imkoniyati ochilgan.
2012-yilda foydalanuvchilar soni 400 milliondan oshgan.
Gmailga oyiga 1.8 milliard foydalanuvchi tashrif buyuradi. Pochta uchun bepul joy borasida 1Gbdan 15 Gb ko'rsatgichga ko'tarilgan.

@jetmediauz
🔷Nike dasturchilar kuniga atab maxsus krosovka taqdim etdi.

404 xatolikni o'zida aks etgan ushbu krosovka dasturchi hamda sisadminlar uchun qiziq bo'lishi aniq.
SWOOSH x Nike Air Force 1 Low "404 Error" uzun nomli ushbu krosovka sotuvda yoz oylarida paydo bo'lishi kutilmoqda. Narxi 150$.

@jetmediauz
🌏 O'zbekistonda uyali aloqa abonentlari soni 1 yilda 7 foizga oshdi.
2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, hozirda 34.2 milliondan ziyod uyali aloqa abonentlari bor.
- 10 yoshdan oshgan aholining 99.1% da mobil telefon mavjud. Shundan 89% abonent doimiy internetdan foydalanadi.
- Har 100ta xonadonga 349ta mobil qurilma to'g'ri keladi.

@jetmediauz
🕹Endi Telegramda qadimiy Sega o'yinlarini o'ynash mumkin

Entuziastlar Telegram uchun maxsus bot ishga tushirishdi. Ushbu bot orqali siz o'tmishning eng ommabop video o'yinlarini o'ynashingiz mumkin. Jumladan Sonic, Mortal Kombat...
O'yinlarni nafaqat smartfon, balki telegramning PC versiyasida ham o'ynashingiz mumkin.

@jetmediauz
📱Smartfon bozori statistikasi: Samsung birinchi, Apple undan keyingi o'rinda...

Xalqaro IDC tashkiloti 2024-yilning birinchi choragi bo'yicha statistikasini e'lon qildi. Ushbu chorakda dunyo bozoriga 290 million smartfon chiqarilgan. Bu, o'tgan yilning huddi shu vaqtiga ko'ra 7.8% ko'proq.
Birinchi o'rinda Samsung 60.1 million smartfon yetkazgan. Bu bozorning 20.8%.
Apple 50.1 million smartfon yetqazgan.
Bozordagi o'rni 17.3%.
Boshqa ishlab chiqaruvchilar: Xiaomi 40.8 million, Transsion (iTel, Tecno, Infinix) 28.5 million qurilma.

@jetmediauz