Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
6.02K subscribers
20.8K photos
3.19K videos
12 files
16.7K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
http://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
Fuqarolar murojaatiga telegramdagi havola: @Viloyat_hokimiga_murojaat
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/jizzaxviloyathokimligi/
Download Telegram
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 18-yanvar, payshanba yilning 18-kuni yil yakuniga 348 kun qoldi

KUN TARIXI

1778-yil - ingliz navigatori Jeyms Kuk Gavayi orollarini topdi va ularni Sandvich orollari deb nomladi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1689-yil — Sharl Lui de Monteskyu, fransuz yozuvchisi va faylasufi.

1882-yil — Alan Aleksandr Miln, ingliz yozuvchisi, “Vinni Pux” asari muallifi.

1904-yil - Keri Grant, anglo-amerikalik aktyor.

1955-yil - Kevin Kostner, amerikalik kinoaktyor, “Oskar” (ikki marta), “Oltin globus” va boshqalar.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в области инвестиций, экспорта и международного сотрудничества на 2024 год.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish boʻyicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investitsiya va ichki bozor bilan erishib boʻlmasligini qayd etdi:

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”.

Prezident bevosita investitsiya, sanoat va eksportga masʼul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga masʼul rahbar oʻrinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini koʻrsatib oʻtdi.

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investitsiya va eksport boʻyicha chuqur tahlil yoʻqligi tanqid qilindi.

Asosiy bozorlarimiz boʻlgan mamlakatlardagi devalvatsiya, jahonda roʻy berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investitsiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida oʻz vaqtida bosh qotirmagani koʻrsatib oʻtildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tizimdagi muammolarni sanab oʻtdi.

Kompleks rahbariyati soʻnggi olti yilda chetdan qariyb 50 milliard dollar investitsiya kirgani haqida maʼlumot berayotgani, lekin ushbu investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga, qoʻshilgan qiymatga, eksportga taʼsiri qanday boʻlgani boʻyicha tahlillar yetarli emasligi qayd etildi.

Masalan, oʻtgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga oʻsdi. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek oʻsish boʻlmagani aytildi.

Hududlarda esa moliyalashtirish toʻliq yakunlangan 8 trillion soʻmlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan.

Mamlakatimiz sertifikatlarini tan olish boʻyicha haligacha birorta davlat bilan kelishuvga erishilmagan.

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha boʻyicha kelishuv imzolanganiga 1-2 yil boʻlgan boʻlsada, oʻzlashtirish boshlanmagan.

Yoki, ikki yil oldin tashkil qilingan Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiga 1 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish boʻyicha rejalar toʻliq amalga oshirilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu munosabat bilan kompleks uchun masʼul Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev chorak yakunigacha oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari eksport sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qildi. Kompleks rahbariyati va hokimlarning 2024-yil uchun eksport rejasi yetarli emasligi qayd etildi.

Iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun, eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur
- dedi Prezident.

Lekin, oʻtgan yili 2 ta drayver tarmoq va 4 ta hududda 2022-yilga nisbatan eksport hajmlari kamaydi. Shuningdek, 10 ta tuman va shaharda eksport oldingi yil koʻrsatkichini yarmiga ham yetmadi.

Shu munosabat bilan Bosh vazirga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora koʻrish topshirildi.

Meva-sabzavot eksporti uchun xorijiy davlatlarning fitosanitar ruxsatlari olinganiga qaramasdan, ulardan toʻliq foydalanilmayapti. Masalan, Yaponiyaga 58 turdagi meva-sabzavotga fitosanitar ruxsat olingani bilan, 52 turi boʻyicha, Hindistonga 38 tadan 32 tasi, Pokistonga 22 tadan 18 tasi, AQSHga 15 tadan 11 tasi boʻyicha eksport boʻlmadi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va hokimlarning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari oʻrtasida mahsulotlar eksportini tashkil qilish boʻyicha hamkorlik yoʻqligi tanqid qilindi. Endilikda agentlik nafaqat fitosanitar ruxsat olish, balki qishloq xoʻjaligi eksportini tashkillashtirish uchun ham masʼul boʻladi. Buning uchun karantin tizimi, ish uslubi va yondashuvlari toʻliq oʻzgaradi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida xatosiz yoza olasizmi?

Joriy yilning 1 sentyabriga qadar barcha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, 1 oktyabriga qadar esa bosma OAVlarni bosqichma-bosqich to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkazilishi belgilangan.

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarma xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

👉 Batafsil

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev kuni kecha Shandun Provinsiyasi Partiya qo‘mitasi o'rinbosari Chjan Xaybo bilan birgalikda ikki tomonlama uchrashuv o'tkazdi

Viloyat hokimi Ergash Saliyev uchrashuv davomida Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy investitsiya salohiyati hamda hozirgi kunda viloyatning drayverlari bo'lgan sohalarga alohida to'xtalib o'tdi.

O'z o'rnida Shandun Provinsiyasi Partiya qo‘mitasi o'rinbosari Chjan Xaybo Shandun Provinsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati haqida tushunchalar berib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi hamda Xitoy va O‘zbekistondan tashrif buyurgan vakillar ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib olishdi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati va Shandun Provinsiyasi tadbirkorlari o'rtasida biznes-forum o'tkazildi

Biznes-forumda Jizzax viloyat ishbilarmon doira vakillari va xitoylik investorlar o'rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar o'rnatish bo'yicha muzokaralar olib borildi.

Mazkur o'tkazilgan biznes-forum yuzasidan Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi rahbari Akmal Boqiyev biznes forumning yaxshi o'tganligini va ushbu biznes-forum ikki hudud o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga mustahkam zamin yaratishini aytib o'tdi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun xabar berib o'tganimizdek, Jizzax viloyat hokimi Shandun Provinsiyasi Partiya qo'mitasi o'rinbosari bilan uchrashgan edi.

Mazkur videolavhada uchrashuv haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun xabar berib o'tganimizdek, Jizzax viloyati va Shandun Provinsiyasi tadbirkorlari o'rtasida biznes-forum o'tkazilgan edi.

Mazkur videolavhada o'tkazilgan biznes-forum haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 19-yanvar, juma yilning 19-kuni yil yakuniga 347 kun qoldi

KUN TARIXI

1806-yilda Buyuk Britaniya Yaxshi Umid burnini egalladi.

1825-yilda Ezra Daggett oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun qalay qutisini patentladi.

1903-yilda birinchi velosport - “Tur de Frans” eʼlon qilindi.

1963-yilda Beatles oʻzining birinchi televizion spektaklini namoyish etdi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1809-yilda amerikalik yozuvchi, shoir, adabiyotshunos, romantizm namoyandasi Edgar Alan Po dunyoga keldi.

1945-yilda ingliz rok qoʻshiqchisi, Deep Purple guruhining asoschisi Rod Evans tugʻilgan.

1974-yilda rus estrada qoʻshiqchisi Vlad Stashevskiy tugʻilgan.