Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
5.13K subscribers
21K photos
3.22K videos
12 files
16.9K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
http://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
Fuqarolar murojaatiga telegramdagi havola: @Viloyat_hokimiga_murojaat
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/jizzaxviloyathokimligi/
Download Telegram
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 20-yanvar, shanba yilning 20-kuni yil yakuniga 346 kun qoldi

KUN TARIXI

1921-yilda Dogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, hozirgi Dogʻiston Respublikasi tashkil topdi.

1921-yilda Turkiyaning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi, unda turk davlatining dunyoviy va milliy xarakteri eʼlon qilindi.

1980-yilda AQSH prezidenti Jimmi Karter Moskvadagi Olimpiya oʻyinlariga boykot eʼlon qildi.

1996-yilda Yosir Arafat Falastin hukumati prezidenti etib saylandi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1920-yilda italiyalik kinorejissor, beshta “Oskar” mukofoti sovrindori Federiko Fellini dunyoga keldi.

1952-yilda rus estrada xonandasi, aktrisa, Rossiya xalq artisti Irina Allegrova tugʻildi.

1963-yilda Litva teatr va kino aktrisasi Ingeborga Dapkunaite tugʻilgan.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Memorandum imzolandi

"Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi va Xitoy xalq respublikasi Qingdao Luhai Grain va Oil Co., LTD o'rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumni imzolashdan avval ikki tomon o'rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv muhokama qilindi.

Muzokaralardan so'ng tomonlar  “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida traktor va kombaynlar yig‘ish zavodini tashkil etishga kelishib olishdi.

Rejalashtirilayotgan zavod maydoni 20 000 kvadrat metrni, ochiq maydon ham shuncha kvadrat metrni tashkil etadi.

Loyihaga ko'ra, 20 ot kuchidan boshlab, 400 ot kuchigacha bo'lgan qishloq xo'jaligi uchun traktor va kombaynlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Lohiyani umumiy qiymati 600 million AQSH dollarini tashkil etadi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi tashrif Tyanszin shahriga boʻldi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Xitoyning Tyanszin meri oʻrinbosari Li Venxay bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha tushunchalar berib, viloyatning asosiy drayver sohalari boʻlgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalari xususida soʻz yuritdi.

Bugungi kunda Xitoy davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorliklar sohasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Tashrif davomida oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Oʻz oʻrnida Tyanszin shahri  meri oʻrinbosari Li Venxay ham shaharning salohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoylik tadbirkorlar bilan kelishuv memorandumlari imzolandi

Jizzax viloyati delegatsiya aʼzolari oliy darajadagi tashrifga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi Xebey, Guanchjau, Xanchjau, Shandun provinsiyasi, Sindao shaharlariga tashrifi mobaynida boʻlib oʻtgan biznes-forum va ikki tomonlama tadbirlar doirasida Jizzax viloyati delegatsiyasi va Xitoy tadbirkorlari oʻrtasida bir qator kelishuv memorandumlari imzolandi. Jumladan:

- Turizimni rivojlantirish maqsadida sogʻlomlashtirish maskani, zamonaviy mehmonxona, EKO bogʻ va sport majmuasi barpo etish boʻyicha “DongFang yi” bilan;

- Zamonaviy avtomobil ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “Great Wall Motor Company Limited” bilan;

- Mebel ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “VALENTI POETRY FURNITURE Co LTD” bilan;

- Metallurgiya soxasida metalni qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha “MSS International Incorporational” LTD bilan;

- Zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “Qingdao Luhia Grain and oil Group” bilan;

- Farmatsevtiga tarmogʻini rivojlantirish, turli xil dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “Sinopharm” bilan;

- Tekistil soxasida ishlatiladigan turli xil boʻyoqlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha "Mungsheng Holding group" bilan;

- Elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha “Qingdao Kaineng Environmental Protection Technology Co.,LTD” bilan;

- Maxsus oyoq kiyimlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha “Shandong Best Serve Safety Shoe LTD” bilan;

- Zamonaviy koʻrgazmalar zali (Shourum) barpo etish boʻyicha
"Shandong Expressway Qilu
Investment and Development
Co.,LTD" bilan kelishuv memorandumlari imzolandi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar “Harbiy hayot” loyihasi orqali harbiy qismda mehmon boʻlishdi

Batafsil👉🏻 https://goo.su/vpVr

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“JIZZAKH CYBER ARENA” qurilishida “AKFA BUILD” hamkor tashkilot bo‘lmagan

“AKFA BUILD” kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali Jizzax shahridagi “JIZZAKH CYBER ARENA” qurilishida hamkor tashkilot sifatida ko‘rsatilib, 16 dona sovutish-isitish uskunasi va 70 dona fankoyllar yetkazib bergani haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan.

Ushbu “JIZZAKH CYBER ARENA” Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK buyurtmachiligi asosida “FAYZ BARAKA KLASSIK” MCHJ pudrat tashkiloti tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilgan.  Majmua qurilishining isitish va sovutish tizimini bajarish uchun  pudratchi tashkilot “FAYZ BARAKA KLASSIK” MCHJ va "AIR CONTROL SOLUTION" MCHJ lar o‘rtasida mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risida 2023-yil 13-senyabrda  № 37-sonli shartnoma imzolangan.

Shartnomaga asosan, ushbu obyektga 16 dona  SHIVAKI Model -  SIH1- K100HF sovutish va isitish uskunasi, 70 dona fankoyllar to‘liq yetkazib berilgan hamda o‘rnatilgan. Hozirda ushbu uskunalar to‘liq quvvat bilan ishlamoqda.

Hozirda “AKFA BUILD” kompaniyasi ma'lumot noto‘g‘ri yetkazilganligi sababli xabarni o‘z tarmoqlaridan o‘chirib tashlagan.
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 22-yanvar, dushanba yilning 22-kuni yil yakuniga 344 kun qoldi

KUN TARIXI

1584-yilda Shveytsariyada Grigorian taqvimi joriy etildi.

1973-yilda abort AQSH Oliy sudi tomonidan qonuniylashtirildi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1440-yilda Moskvaning Buyuk Gertsogi (1462-yildan) Ivan III Vasilevich tugʻildi, uning ostida Rus nihoyat moʻgʻul-tatar boʻyinturugʻidan ozod qilindi.

1561-yilda ingliz faylasufi, tarixchisi, siyosatchisi va romantik shoiri Frensis Bekon tugʻilgan.

1953-yilda amerikalik kinorejissyor va ssenariy muallifi Jim Jarmusch tugʻilgan.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 23-yanvar, seshanba yilning 23-kuni yil yakuniga 343 kun qoldi

KUN TARIXI

1881-yilda Moskva Katta teatri sahnasida Pyotr Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasining premyerasi boʻlib oʻtdi.

1895-yilda Norvegiya ekspeditsiyasi aʼzolari Antarktida qirgʻoqlariga qadam qoʻygan dunyodagi birinchi odamlar boʻldi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

Yozuvchi Stendal (1783-1842)

Rassom Eduard Manet (1832-1883)

Tadbirkor Boris Berezovskiy (1946-2013)

Teleboshlovchi Olga Shelest (1977)

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga bojxona rejimining afzalliklari tushuntirildi

Joriy yilning 22-yanvar kuni Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazida O'zbekiston Davlat Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi  hamkorlikda "Bojxona organlarida tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish" boʻyicha seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Jizzax viloyat hokimi birinchi o'rinbosari A.Mustanov, Davlat Bojxona qo'mitasi Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i I.Pardayev, Jizzax viloyati Davlat Bojxona boshqarmasi boshlig'i E.Salixov. Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Zakirov, matbuot xodimlari hamda Jizzax viloyati tadbirkorlari ishtirok etishdi.

Dastlab tadbirni Jizzax viloyati hokimi birinchi o'rinbosari A.Mustanov ochib berib, kichik biznes va tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash va ularga amaliy koʼmak berish, ularni qiynab kelayotgan muammolar yoki qiziqtirgan masalalar yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

Seminar davomida "Tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda 2024-yildagi ustuvor vazifalar", "Bojxona hududida qayta ishlash rejimi boʻyicha yaratilayotgan qulayliklar", "Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi", "Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olishda talab etiladigan hujjatlar" hamda "Elektron ariza joʻnatish tartibi" kabi masalalarda so'z yuritdilar.

Shuningdek, seminarda tadbirkorlarning bojxona sohasida kelib chiqayotgan muammolari yuzasidan tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mas'ul mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM