Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
7.7K subscribers
21.2K photos
3.26K videos
12 files
16.9K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
http://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
Fuqarolar murojaatiga telegramdagi havola: @Viloyat_hokimiga_murojaat
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/jizzaxviloyathokimligi/
Download Telegram
Zomin tumanida vatanparvarlikni targ'ib qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbir o'tkazildi

👉 Batafsil

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi suyultirilgan gaz bilan muntazam ta'minlanmoqda

“Mirzacho'ltumangaz” bo‘limi jamoasi tumanning tabiiy gaz yetib bormagan mahallalari aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan mahallalar aholisini suyultirilgan gazga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida qo‘shimcha 100 ta maishiy gaz ballonlari olib kelindi.

Mirzacho'l tumani “Ipak yo'li” mahallasi aholisini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sharof Rashidov tumanidagi “Qorayantoq” MFYda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Tuman IIB hamda masʼul idoralar mutasaddilari ishtirok etgan mazkur tadbirda mahallada faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori, kapitan Fitrat Yusufovning hisoboti tinglandi.

Yigʻilishda profilaktika inspektorining faoliyati davomida erishgan natijalari bilan birga yoʻl qoʻygan kamchiliklari ham koʻrsatilib, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan bilan hamkorligiga ham baho berildi. Koʻrilgan masala yuzasidan mahalla faollari oʻzlarining fikrlarini bildirishdi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev Xitoy Xalq Respublikasida Shandun viloyat Partiya qo‘mitasi o'rinbosari Chjan Xaybo bilan birgalikda ikki tomonlama uchrashuv o'tkazmoqda

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 18-yanvar, payshanba yilning 18-kuni yil yakuniga 348 kun qoldi

KUN TARIXI

1778-yil - ingliz navigatori Jeyms Kuk Gavayi orollarini topdi va ularni Sandvich orollari deb nomladi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1689-yil — Sharl Lui de Monteskyu, fransuz yozuvchisi va faylasufi.

1882-yil — Alan Aleksandr Miln, ingliz yozuvchisi, “Vinni Pux” asari muallifi.

1904-yil - Keri Grant, anglo-amerikalik aktyor.

1955-yil - Kevin Kostner, amerikalik kinoaktyor, “Oskar” (ikki marta), “Oltin globus” va boshqalar.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в области инвестиций, экспорта и международного сотрудничества на 2024 год.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari yalpi ichki mahsulotni oshirish boʻyicha katta marra olinganini, lekin bunga faqat ichki investitsiya va ichki bozor bilan erishib boʻlmasligini qayd etdi:

“Yagona toʻgʻri yoʻlimiz – xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va eksportni koʻpaytirish”.

Prezident bevosita investitsiya, sanoat va eksportga masʼul 11 ta vazirlik va idora, 10 ta uyushma, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, bundan tashqari, barcha vazirlik, tarmoq va hududlarda eksport va investitsiyaga masʼul rahbar oʻrinbosari faoliyat yuritayotgan investitsiyalar va tashqi savdo tizimining faoliyati juda sustligini koʻrsatib oʻtdi.

Hozirgi murakkab vaziyatda tizimda investitsiya va eksport boʻyicha chuqur tahlil yoʻqligi tanqid qilindi.

Asosiy bozorlarimiz boʻlgan mamlakatlardagi devalvatsiya, jahonda roʻy berayotgan ziddiyatlar va logistika hisobiga ularga eksport kamaygan.

Bunday murakkab vaziyat bugun yoki kecha boshlanmagani, Investitsiya vazirligi va tarmoqlar rahbarlari eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish ustida oʻz vaqtida bosh qotirmagani koʻrsatib oʻtildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tizimdagi muammolarni sanab oʻtdi.

Kompleks rahbariyati soʻnggi olti yilda chetdan qariyb 50 milliard dollar investitsiya kirgani haqida maʼlumot berayotgani, lekin ushbu investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga, qoʻshilgan qiymatga, eksportga taʼsiri qanday boʻlgani boʻyicha tahlillar yetarli emasligi qayd etildi.

Masalan, oʻtgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga oʻsdi. Biroq, tovarlar eksportida kutilganidek oʻsish boʻlmagani aytildi.

Hududlarda esa moliyalashtirish toʻliq yakunlangan 8 trillion soʻmlik 1 mingta loyiha haligacha ishga tushmagan.

Mamlakatimiz sertifikatlarini tan olish boʻyicha haligacha birorta davlat bilan kelishuvga erishilmagan.

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan qiymati 480 million dollarlik 5 ta loyiha boʻyicha kelishuv imzolanganiga 1-2 yil boʻlgan boʻlsada, oʻzlashtirish boshlanmagan.

Yoki, ikki yil oldin tashkil qilingan Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasiga 1 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish boʻyicha rejalar toʻliq amalga oshirilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu munosabat bilan kompleks uchun masʼul Bosh vazir oʻrinbosari J.Xodjayev chorak yakunigacha oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari B.Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattarov lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari eksport sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qildi. Kompleks rahbariyati va hokimlarning 2024-yil uchun eksport rejasi yetarli emasligi qayd etildi.

Iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun, eksportni yiliga kamida 30 foizga oshirib borishimiz zarur
- dedi Prezident.

Lekin, oʻtgan yili 2 ta drayver tarmoq va 4 ta hududda 2022-yilga nisbatan eksport hajmlari kamaydi. Shuningdek, 10 ta tuman va shaharda eksport oldingi yil koʻrsatkichini yarmiga ham yetmadi.

Shu munosabat bilan Bosh vazirga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora koʻrish topshirildi.

Meva-sabzavot eksporti uchun xorijiy davlatlarning fitosanitar ruxsatlari olinganiga qaramasdan, ulardan toʻliq foydalanilmayapti. Masalan, Yaponiyaga 58 turdagi meva-sabzavotga fitosanitar ruxsat olingani bilan, 52 turi boʻyicha, Hindistonga 38 tadan 32 tasi, Pokistonga 22 tadan 18 tasi, AQSHga 15 tadan 11 tasi boʻyicha eksport boʻlmadi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va hokimlarning investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari oʻrtasida mahsulotlar eksportini tashkil qilish boʻyicha hamkorlik yoʻqligi tanqid qilindi. Endilikda agentlik nafaqat fitosanitar ruxsat olish, balki qishloq xoʻjaligi eksportini tashkillashtirish uchun ham masʼul boʻladi. Buning uchun karantin tizimi, ish uslubi va yondashuvlari toʻliq oʻzgaradi.