Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.7K photos
1.45K videos
91 files
7.47K links
Download Telegram
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

Muhtasham “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.


Forumda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov forum ishtirokchilarini tabriklab, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘lda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov bilan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, yoshlarning taklif va istaklari tinglandi.

Uchrashuvda universitetimiz talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Kamola Toshpo‘latova Qo‘mita raisiga veterinariya va chorvachilik sohasida muzey tashkil etish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisi albatta bu yo‘nalishda muzey tashkil etilishini, universitetimiz rektori, professor X.Yunusov esa javobga qo‘shimcha tarzda bu borada universitetimizda allaqachon amaliy ishlar olib borilayotganligi, yangi binoda aynan shu sohaga oid muzey tashkil etilishini bildirdi.

Shuningdek, universitet talabasi Kemal Tokdemir dekarativ va egzotik hayvon turlarini ko‘paytirish taklifini bildirib, ijobiy javob oldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

MARIYA SOL PEREZ UNIVERSITETIMIZ FAXRIY PROFESSORI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da so‘z olgan universitetimiz rektori, professor X. Yunusov Qo‘mita tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlarni bir joyga to‘plab, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilishi, yoshlarning taklif va istaklarini tinglab, motivatsion uchrashuvlar, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi Qo‘mita tomonidan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namoyondasi ekanligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Forumda ishtirok etgan AQSH Minnesota universiteti huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar salomatligi referens markazi direktori o‘rinbosari Mariya Sol Perezga Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” unvonini topshirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati