Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.8K photos
1.45K videos
91 files
7.47K links
Download Telegram
#Qalqon
#Yoshlar_ittifoqi

HAR JABHADA FAOL YOSHLAR


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida jamoatchilik asosida tashkil etilgan "QALQON" guruhi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida 22-aprel kuni tunggi profilaktika (reyd) tadbirlari olib borildi.

Mazkur jarayonda "QALQON" guruhini a’zolari universitet hududi va 1,2-sonli Talabalar turar joyida profilaktika(reyd) tadbirlari o‘tkazdi.

Bundan tashqari, tunggi vaqtda universitet hududida maqsadsiz yurgan talaba-yoshlar aniqlanib, ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
📗 Ilmiy-tadqiqot ishlari aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi

🐂 Joriy yilning 19-aprel kuni SamDVMCHBU “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi dotsenti T.I.Tayloqov rahbarligida 3-bosqich mustaqil izlanuvchisi Rayimov Oxunjon Xamid o‘g‘lining 03.00.06 – “Zoologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Farg‘ona viloyati sharoitida qoramollar tremаtodozlarining tarqalishi va oldini olish choralari” mavzusida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aprobatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔶 Aprobatsiya ishida, Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Al-Mansur” X/K hamda “Shabboda sururi” chorvachilik va naslchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirilayotgan qoramollarning trematodozlarini oldini olish va davolash bo‘yicha qo‘llanilgan rolenol, albеndazol, faskosid, fluconix 340 kabi antgelmintik preparatlardan olingan natijalar tahlil qilinib, aprobatsiya komissiyasi ishtirokida muhokama qilindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Kонференция

Университетимиз “Паразитология ва ветеринария ишини ташкил этиш” кафедраси мудири, ветеринария фанлари доктори, профессор А.С.Даминов жорий йилнинг 18-20 апрел кунлари Тожикистон Республикасининг Хўжанд шаҳрида академик М.С.Осими номидаги Тожикистон техника институтида «Современное состояние обеспечения качества и экологической безопасности продовольственных продуктов в центральной Азии» мавзусида ўтказилган халқаро конференцияда иштирок этиб, пленар йиғилишда маъруза қилди. Халқаро конференцияда 10 дан ортиқ хорижий мамлакат олимлари офлайин тарзда иштирок этишди.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI AMALDA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet rektori, professor X.Yunusov va boshqa mas’ullar ishtirokida kutib olindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

LOYIHA DOIRASIDA DARAXT KO'CHATLARI EKILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida universitet rektori, professor X.Yunusov hamda mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|