Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.8K photos
1.45K videos
91 files
7.48K links
Download Telegram
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar bilan universitet talaba-yoshlari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda ijodkorlar ijodiy asarlari, hayotidagi qiziq voqealar, yoshlarning puxta bilim olishlari nechog’lik muhimligi kabi mavzularda so‘z yuritgan bo’lsa, ijodkor talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari barobarida ijod namunalaridan o‘qib berishdi va ijodkorlardan hayotiy saboqlar olishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR SARA ASARLARINI TUHFA ETISHDI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar o‘zlarining dastxati tushirilgan sara asarlarini universitet kutubxonasiga hamda faol talaba-yoshlarga tuhfa etishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR "ZAKOVAT"DA BELLASHISHDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet hizuridagi “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Zakovat” va “Bahs-munozara” klublari faoliyati bilan tanishib, bevosita o'yin ishtirokchisiga aylanishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|