Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.8K photos
1.45K videos
91 files
7.48K links
Download Telegram
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR JOMBOY TUMANIDAGI 17,37 VA 42-UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI ADABIYOT BAYRAMIDA QATNASHISHDI

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar Jomboy tumanidagi 17,37 va 42-umumta’lim maktablarida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishdi.
Loyiha doirasida adiblar ishtirokida umumta’lim maktablari hududiga ko‘chat ekish, ota-onalar bilan uchrashuv, kitoblar taqdimoti, she’rxonlik, sport musobaqalari, “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazililib, eng faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

🔥"GULXAN ATROFI" DA ADABIY-BADIY KECHA

⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet Talabalar turar joyida yoshlar bilan “Gulxan atrofi”da tashkil qilingan ma’naviy kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov qalamiga mansub, “Cho‘li iroq” asaridan teatrlashtirilgan tomosha hamda she’rlaridan parchalar o‘qib, qizg‘in bahs-munozara qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

IJODKORLAR VA TALABALAR BIR DASTURXON ATROFIDA


⚡️Universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan ijodkorlar universitet Talabalar turar joyida yoshlar bilan bir dasturxon atrofida milliy taomimiz palovxonto'ra tanavvul qilishib, samimiy subatlar ila she'rxonlik qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|