Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.87K subscribers
20K photos
1.43K videos
90 files
7.34K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Andijon viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Navbatdagi manzil Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti boʻldi.

Dastlab vazir institut talabalari bilan muloqot qilib, har bir sohada izlanuvchan, raqobatbardosh kadrlar zarurligi, xususan qishloq xoʻjaligi sohasiga innovatsiyalarni joriy etishda yoshlarning oʻrni muhim ekanini qayd etdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, oʻz bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlariga ahamiyat qaratildi. Vazir shuningdek, Yangi Oʻzbekiston yoshlari bilimli boʻlish bilan bir qatorda yuksak axloqiy meʼyorlarga rioya etuvchi, maʼnaviy barkamol boʻlishlari zarurligini taʼkidladi.

I. Abdurahmonov institutda quyosh panellarini oʻrnatish jarayonlari bilan ham tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Hozirda oliygoh binolarida 50 kVli quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, yangi oʻquv yiliga qadar 578 kV hajmdagi quyosh panellarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shunday soʻng Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalar turar joydagi sharoitlar oʻrganildi. Hozirda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining 2 ta talabalar turar joyida 1 460 nafar yoshlar istiqomat qilyapti. Shu yilning oxirgi ikki oyi davomida institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 300 oʻrinli talabalar turar joyi toʻliq taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Turar joydagi mavjud oshxona, kutubxona, sport va karaoke zallari, “book-сafe” talabalar ixtiyorida.

Yangi oʻquv yilida turar joyga ehtiyoji bor talabalarni toʻliq qamrab olish maqsadida DXSH asosida tadbirkor tomonidan yana 600 oʻrinli talabalar turar-joyida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur bino shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Vazir ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu borada oʻz takliflarini berib oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎁🎁🎁 Bugun_tugilgan_kun
🎁🎁🎁  Happy_birthday

📌 Bugun “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi laboratoriya mudiri Sakina Kagorovnaning tavallud ayyomi. 

💐💐💐Sakina Kagorovnani bugungi tavallud kunlari  bilan  kafedra jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va ularga uzoq umr sihat-salomatlik tilaymiz.

Samimiyat bilan  “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi jamoasi

🏛 Axborot xizmati
#СамДВМЧБУ_янгиликлари

Талабалар бепул тиббий кўрикдан ўтказилмоқда

♦️ Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар Университети  талабалари Кўп тармоқли шаҳар марказий поликлиникаси томонидан тиббий кўрикдан ўтказилмоқда.  Кўрик барча учун бепул, шунингдек, университет ҳамкори бўлган мазкур тиббий муассасанинг малакали мутахассислари томонидан саломатлик борасида ёшларга маслаҳат ва кўрсатмалар бериб борилади. Тиббий ускуналар (анализ ва таҳлиллар учун)   билан жиҳозланган махсус автобус ҳам бугун талаба - ёшлар хизматида бўлди.

🏛 Ахборот хизмати


🔷 Расмий саҳифаларимиз:
http://Ssuv.uz (телеграмм)
https://www.instagram.com/ssuv.education
http://www.facebook.com/ssuv.education
#СамДВМЧБУда
🇺🇿🇧🇾 Витебск давлат ветеринария медицинаси Академиясининг маънавий ва маърифий ишлар бўйича проректори,  доцент Д. Н. Федотов айни кунда университет талабалари учун маъруза ва амалиёт дарсларини ўтмоқда.  У қўшма факультет талабалари учун  "Соединительные ткани со специальными свойствами. Жировая ткань" мавзусида маъруза ўқиди.

🏛 Ахборот хизмати