She'riyat olami.
320 subscribers
202 photos
45 videos
7 files
108 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.

Youtube kanalimiz: https://www.youtube.com/@sheriyatuz


Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Тошкентда туш каби юрибсан.
Кетаяпсан,
ёмғир ювган шаҳарни оралаб —
қандай чиройлисан!

Уйғонсам,
эсимда қоласанми?
Йўлкалар
пойингга
узун чўзилган,
мошинлар беовоз сузарлар кўчаларда.
Чорраҳаларда чироқлар баҳордай ям-яшил.
Сен учунми,
ё сенинг сеҳрингми бу мўъжизалар?
Сен — одам шаклидаги туманим —
тарқаб кетмайсанми
уйғонсам?

Ортингдан кетишга рухсат бер.

Бу ҳушёр дунёда,
бу ишчан дунёда,
бу бедор дунёда —
ҳеч бўлмаса,
биргина одам
тушининг ортидан кетсин!..

Айтгандай,
сен
неча кунлик тушсан?

Ҳар хил хаёлга борма.

Умрим неча кун? —
билмоқчиман,
холос.

Усмон Азим

@sheriyatuz
Yangi yil kechasi ballada
Eshiging ochildi,
Chehrangda yog'du.
Lablaringga xiyol tabassum indi.
O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u-
Bir lahza yurakning urushi tindi...

Qoshlaring yoyini tortdi taajjub,
Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar.
Ichkari Yangi Yil- archangda ajib,
Turli nurlar sochib yonar chiroqlar...

Hayrating kimnidir yodingga solar,
Meni tanimaysan... Bu- men Qorbobo!
Bahorni uyg'otib esganday bo'lar,
O'sha, yigirma yil avvalgi sabo...

Qo'llaring qaltiray boshlaydi bexos,
Eshikka suyanib turadi hasrat...
Qarshingda mung'ayib boqadi besas
O'sha yigirma yil avvalgi qismat.

Sovuq. Tashqarida qorning quyuni,
Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo...
Qismat bo'ronida daydib uyingni
Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo...

O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga-
Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l.
Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda,
Mana, yigirma yil yurib keldim yo'l..."

Dasturxoni- qadahlar terilgan bayram,
Ularda may kabi to'lgim keladi.
Hamma narsa go'zal...Botartib biram,
Archangga yurakni ilgim keladi.

Qo'lingdan jaranglab tushadi qadah,
Sindi oshkor etib qayg'uli sirni.
Devorga bosh qo'yib tinglasan nogoh,
O'sha yigirma yil avvalgi she'rni:

"Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi,
Ona zamin haqqi qasam ichaman:
Sen mening qalbimda bir uzing balqi
Istasang she'rimdan
men voz kechaman!.."

...Xayr!
Nigohlari qismatday qora...
Hamma narsa go'zal- dasturxon, bayram...
Men chiqib ketaman bo'ronlar aro
Kechalar boshimdan yog'ar oppoq g'am.

O'g'ling ma'yus tortar,
Savollar berar:
-Oyi, yig'laganday bo'ldi, ajabo?
Uzoq o'tirmadi qayerga borar,
Qopini qoldirib ketdi Qorbobo?..

Sovuq...Muz kechalar ayoz qo'ynida,
Ko'chalar chirog'i porlar- qahrabo.
Tentirab yuradi qor quyunida
Qayga borishini bilmas Qorbobo...

@sheriyatuz
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Bahor keldimi?
Gulladimi daraxtlar?
Qushlar sayradimi?

...Sen ketsang ham
shunday hol
ro'y berdimi
olamda?!!!

Usmon Azim

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
* * *
Умр ўтиб кетди. Йиғлама.
Ўтди дунё – бесарҳад қайғу.
Ўлим келса?..
Хўш, келса, нима?
Айрилиқдан
даҳшатлими у?

Усмон Азим

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami. (0954)
"Yoqmasam, ka - a -a - atta ko`cha" deding,
Ko`chaga chiqdim.
Ko`cha jim - jit edi, kimsasiz, oydin.
Men avvallari bilmas ekanman,
Ko`chaning bunchalar
Katta bo`lishin.

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
* * *
Умр ўтиб кетди. Йиғлама.
Ўтди дунё – бесарҳад қайғу.
Ўлим келса?..
Хўш, келса, нима?
Айрилиқдан
даҳшатлими у?

Усмон Азим

@sheriyatuz
ОЛИС УТМИШ.

Сукутдамиз иккимиз хам,
Сузлашгали сузимиз йукми.
Вакт утади утиб борар дам,
Нигохинг кадайди юракка укни.
Хаётни атадим сен ила гузал,
Сенсиз яшамок менга душвордир.
Чидадимку сен кетган махал,
Сенсиз хам танамда жоним омондир.
Бахорлар кайтмокда узгача эмас,
Фасллар алмашар уша-ушадир.
Ёнимдан утасан эгиб бошингни,
Кулингда тиллолар куша-кушадир.
Билдим.
Ёринг сени жуда хам севмиш,
Хатто кизгонармиш дайди еллардан.
Юрагим буткил сендан воз кечмиш,
Вафодор ахтарар узга эллардан.
Куп дамларни бирга утказдик,
Хотира эмасми энди барчаси.
Мухаббат кушини нега бузлатдик,
Хамон очик турар уйим дарчаси.
Хаёлларим кулгили бари,
Илож булса ортга бир кайтмок.
Ушал жойда бир бор сен билан,
Егим келар яна музкаймок.

Сукутдамиз иккимиз хам...

Рахматулло Хужаев (Ошик Рахмат)

#muxlisminbari


@sheriyatuz

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAAD5sz0pDjeFn_IXLJg
Forwarded from She'riyat olami.
Forwarded from She'riyat olami.
Forwarded from She'riyat olami.
Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.

Jonimdin o’zga jonni dilafkor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo’y etmisham, netay,
Chun vaslig’a o’zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, o’zungni o’rgatako’r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo’ldum.

Labing gar bermasa bo’sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.

So’rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so’z bila ko’rungki muncha xo’rdadon bo’ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko’rsattim,
Vale oxir malomat o’qlarig’a-o’q nishon bo’ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o’q hamdoston bo’ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,
Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

#BoburDay @sheriyatuz
Yodingdami o'sha qor, do'stim?
Bultur ko'rgan edik sen bilan,
Nahot o'sha qor yana yog'ar?
#hokku @sheriyatuz
DERAZA ORTIDAGI ODAM

Qish kechasi, tinmay yog‘ayotir qor,
Borliq sukunatga, hayolga tolgan.
Maylimi darchadan qorga qarasam?
Bu deraza shaxsiy, otamdan qolgan,
Yorug‘ bilyardxona sharlar tovushi,
Mening o‘ylarimga uradi darra.
Derazamga qo‘nib erib ketdiku,
Buncha oz yashadi beg‘ubor zarra?
Mastona qiyqiriq yangrar qaydadir.
Bir odam chayqalar sarmast yalanib,
Telpagin ko‘ziga bosib yig‘lar u,
Oppoq chivinlarga talanib.
Yorug‘ bilyardxona, sharlar tovushi,
Borliqqa qo‘shilib o‘yga tolaman.
Otamdan esdalik derazamni jim,
Buklab, cho‘ntagimga solaman.

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz