xoshimovuz
728 subscribers
484 photos
139 videos
368 links
Kanaldagi barcha fikrlar shaxsiy xarakterga ega.

Admin qahva olishi uchun donat qilsangiz bo’ladi: https://www.tirikchilik.uz/dilshod_hoshimov

Twitter: https://twitter.com/dilshodhoshimov

Instagram: https://www.instagram.com/dilshod_hoshimov?igsh=MTc1c
Download Telegram
Kanalda yozilmaydigan gaplar ruknidan.
Mahalliy telekanallarimizda «ma’naviyatga to‘g‘ri kelmaydi», «milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi» qabilidagi sabablarni ro‘kach qilgan holda filmlardan sahnalarni kesib olish urfi bor. Mahalliy va chet el filmlari efirga kesib uzatiladi, ayrim hollarda sahna kesilmasa-da, undagi "ko‘zni qamashtirgan" joylar filtrlanadi. Qonun nuqtai nazaridan bunday amaliyot qanchalar to‘g‘ri? Buni quyidagi havolaga kirib bilib olasiz:

http://uz.hook.report/2022/06/uyat-manaviyat/

@xoshimovuz
Xabaringiz bor bugun qoraqalpog’istonlik qardoshlarimiz tomondan noxush xabarlar kelmoqda. Shunday davrda ming yildan ziyod bo’lgan o’zbek-qoraqalpoq xalqlari do’stligi, totuvligiga zig’ircha ham ziyon yetmasligini tilab qolar edim. Zero shu paytgacha yonma-yon, bir jamiyat, davlat a’zosi o’laroq ko’plab yaxshi-yomon kunlarni birga o’tkazdik. Millatlarimiz orasida qarindoshlik, do’stlik aloqari mustahkam. O’zaro madaniyatimiz, tariximiz, orzu va umidlarimiz, dardlarimiz bir va shunday bo’lib qoladi. Tomonlar va rasmiylar o’zaro muloqot yo’li bilan mavjud tushunmovchilik va muammoni hal qilishlariga ishonib qolaman. Har bir o’zbek - qoraqapog’istonlik,
har bir qoraqalpoq qardoshimiz - o’zbekistonlikdir. Birligimizga, tinchligimizga ko’z tegmasin.

@xoshimovuz
Bugun juda bir o’zgacha kun bo’ldi. Bu o’zgarishlar parlamentda bir ovozda qabul qilingan edi. Muhokamalar qilishdi, fikrlar berildi. Nahotki hech kim shunday holat bo’lishi mumkinligini tasavvur ham qilmagan. Nahotki davlat yaxlitligi masalasiga borib taqaladigan masalada shu qadar sovuqqonlik bilan munosabatda bo’lingan. Bunga kim aybdor, butun parlamentmi yoki muayyan befarq shaxslarmi. Prezident borib masalani tinchitadigan darajada olib kelish shartmidi, bu masalani bu darajada chuqur o’ylamay ko’tarish shartmidi bilmadim. Hammasi joyiga tushib ketadi degan umiddaman. Muloqot yo’li tanlandi muhimi, xalq eshitildi va ularning talabi qanoatlantirildi. Lekin qandaydir ruschada aytganda “послевкусие” qoldi. Hammasi yaxshilikka bo’lsin.

@xoshimovuz
Surish haqida yo chetdan Vatanga qaytish haqida ikkilanib yurganlar, manimcha, muayyan bir xulosaga kelishdi deb o’ylayman.
Axborot vakumi faqat va faqat aks tarafga ishlaydi. O’zbekiston rasmiy axborot manbalari yoritmagan yangiliklarni rus kanallari, ba’zi bir qozoq kanallari egalladi, ular noxolis va separatizmni targ’ib qiluvchi axborot tarqatishmoqda. Bu juda xavotirli, davlat axborot tizginini xorijiy “do’stlar”ga berib qo’ydi afsuski. Vaziyatni iloji boricha tezroq to’g’rilash kerak, hukumat tegishli choralar ko’rishiga ishonib qolaman.

@xoshimovuz
Ba’zi bir kimsalar ikkinchi rasmdagi videoni tarqatib ko’cha qonga to’ldi deya yolg’on va provokatsion xabarlar tarqatyapdi. Aslida esa bu suv, noqonuniy namoyishga chiqqanlarni tarqatish uchun suv sepilgan, biroq rang xato tanlangani provokatorlarga qo’l kelyapdi. Rangsiz yoki boshqa rangdagi suvdan foydalangan yaxshiroq edi.

Har qanday xabarni faktchek qilish davr talabi.


@xoshimovuz
Forwarded from Kainbek
Агнишка фейк тарқатгани учун узр сўраяпти.
Telegramdagi bir nechta qoraqalpoq separatistlarining guruhlarini kuzatib shu xulosaga keldim:

Birinchisi — shovinizm. Guruh a’zolari uch toifaga bo‘lingan: qoraqalpoq, qozoq va o‘zbek. Lekin ularni birlashtirib turgan o‘zaro o‘xshash jihat ham bor — millatchilik. Guruh foydalanuvchilarining asosiy qismi qoraqalpoqlar ochiqdan ochiq o‘zbeklarga nisbatan haqorat, miting, namoyishga va agressiyaga da’vat haqida yozishyapti. Ular orasida sog’lom fikrli qoraqalpoqlarning tinchlik haqidagi fikrlariga ham toqatsizlik bilan yozib haqoratlashyapdi. Qozoqlar esa "qoraqalpoq va qozoqlar qardosh xalq ekanligi, har doim qo‘llab-quvvatlashi", o‘zbeklarga nisbatan umumiy nafrat haqida yozishmoqda, bular muayyan “metodichka” bilan deyarli har bir shunday guruhlarda bir xil akkauntlardan bir xil mazmunda yozib odamlarni gij-gijlash bilan mashg’ul. Guruhda kam sonli “o‘zbeklar” ham shovinizm borasida ulardan qolishmaydi: "qoraqalpoqlarning boqimandaligi, cho‘lda yashashi, o‘zbeklar oldida qarzdorligi" haqidagi da’volar yoki shunchaki haqorat. Umuman olganda, ularning troll akkauntlar emasligiga ham ishonchim komil emas: asosiy qismi qoraqalpoq bo‘lgan guruhlarda o‘zbek tilidagi haqoratlar provakatsiya uchun oson va samarali usul. O‘zbek tilida yuritilayotgan ba’zi akkauntlar bunga teskari ravishda "qoraqalpoqlarga mustaqillik, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa chet davlatlardan yordam so‘rash" to‘g‘risida yozyapti. Ushbu akkauntlar ham katta ehtimol bilan trollar. Chunki o’zbek tilida yozayotganlarni ko’pchiligi tinchlikni saqlash va o’zbek-qoraqalpoq xalqlari do’stligi va birligi haqida yozishmoqda. Lekin shunisi aniqki, ijtimoiy tarmoqlarda qozoq segmenti haddan tashqari faollashgan. Huddiki ular ushbu voqeaga avvaldan tayyorgarlik ko’rib payt kelishini poylab o’tirgandek ta’ssurot vujudga keladi kishida.

Ikkinchisi — troll akkauntlar. Nechta guruhni kuzatgan bo‘lsam, ulardagi faol akkauntlar, adminlar deyarli bir. Yana ham qiziq tomoni bu akkauntlardan 24 soat davomida xabarlar jo‘natilmoqda. Bir xil mazmundagi xabar bir paytni o‘zida bir nechta guruhlarga "forward" qilingan. Bundan tashqari, minglab kishilar ishtirokida audio, videochatlar tashkillashtirilyapti tez-tez.

Uchinchisi — feyk ma’lumotlar. Guruhlarda subyektiv ma’lumotlar bilan birgalikda feyk xabarlar suvdek oqyapti. Ularning katta qismi rus va qozoq blogosferasi tomonidan tayyorlangan va tarqatilayotgan video materiallar va provakasion xabarlar. Mana shunday qaltis vaziyatda rasmiy o‘zbek mediamakoni sukut saqlab, axborot urushida kechikdi. Qoraqalpog‘iston aholisi va xorijiy medialar yangiliklarni provakatorlar og‘zidan eshitmoqda.

Hozir vaziyatda eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan qaror — ob’yektiv vaziyatni rasmiy nashrlar orqali yoritish, shu orqali provakatorlarga holatni buzib talqin qilishga imkon qoldirmaslik. Rasmiy mediada har qancha sukut saqlash provakatorlarning o’ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, ular esa yanada ko’p feyk tarqatishda davom etaveradi.

@xoshimovuz
Afsuski noxush vaziyat vujudga kelishiga noprofessional amaldorlar aybdor. Pandora qutisini o’zimiz ochdik, uzoqni ko’ra bilmaslikdan va strategik tahlillar yo’qligidan, eng yomoni adekvat fikr berishga qo’rqadigan laganbardorlardan kelib chiqdi hammasi. Eng yuqoridagi shaxslar xatoni sabablarini to’g’ri tahlil qilib, yuqori darajadagi lavozimlarda professional va yangi odamlar kerakligini tushunib yetishlari lozim, sovok amaldorlar bilan yetib keldik shu yergacha. Bundan esa xorijlik “do’stlarimiz” juda unumli foydalanishdi.

Davlat darajasida risklarni tahlil qila oladigan, axborot urushlarida huddi Ukraina kabi har bir feykni ortidan asl holat bilan javob bera oladigan, eng muhimi bu darajada katta xatolarni kelib chiqishi mumkinligi haqida ogohlik berib, vaziyatni oldini ola biladigan jamoa darkor. Hozirgi davrda bu lozim va lobud.

Shuningdek feyklarni ochishda, axborot urushida raqiblarga javob qaytarishda o’zbek blogosferasi faol bo’lganini ham alohida ta’kidlab o’tmoqchiman. So’z erkinligi davlat tinchligi, axborot xolisligi uchun naqadar muhimligini yana bir marotaba o’z ko’zimiz bilan amalda ko’rdik. Rasmiy OAV lar va MTRK xalqaro darajada axborot urushida nafaqat yutqazdi, balki ushbu urushga kirmadi ham. Buni tan olaylik, rasmiy OAV larning o’zgarish vaqti keldi, menimcha.

P.S. O’zbek twitter segmentining axborot urushida o’rni bo’lakcha bo’lmoqda. Xorijlik jurnalistlar va medialarning fake ma’lumotlariga asosli javoblar yozishmoqda va muayyan fakelarning o’chirilishiga ham erishishmoqda. Davlat balki Twitterni blokirovkadan yechar endi.

@xoshimovuz
Buguncha shu, hammasi tinchib ketsin. O’zbekiston o’zgaryapdi, qaysi tarafga? Xatolar tahlil qilinadimi yoki xato qilganlarga indalmaydimi? Buni yashayversak ko’raveramiz endi. Optimistlik qilaman, yaxshi tomonga o’zgarsin.

Yaxshi xabarlar bilan bo’lishib turaman buyog’iga, axborot urushida provakatorlarga qarshi qisman foydam tekkanidan xursandman, to’g’risi yozgan postlarim bu darajada e’tiborga tushadi deb o’ylamagandim, sal qolsa reklama qo’yivorardim-a))

Adekvat bo’lishni, faktcheking va qonunlarga amal qilishni tavsiya qilaman barchaga. Hech kimga va hech qayerga tasdiqlanmagan, shubhali, qonunga zid ma’lumotni yoki videoni bo’lishmang. Rahmat!

@xoshimovuz
Bosh prokuratura ma'lum qilishicha Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar shaxsga, jumladan, 38 huquq-tartibot organlari xodimlariga turli tan jarohatlari yetkazilgan, og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.

@xoshimovuz
Milliy Gvardiya ma'lum qilishicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib 516 kishi qo‘lga olingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan raqamlar yashirilmayotgani bu juda yaxshi amaliyot. Ijtimoiy tarmoqlarda suzib yurgan har xil videolarni manipulyatsiya qilib ba'zi bir provakator telegram kanallar (asosan qozoq segmenti) raqamlar sonini oshirib ko'rsatyapdi. Rasmiy manbalarimiz jim turmasdan ochiqlik siyosatini yurityotgani ularga qarshi yaxshi javob bo'lyapdi. Shunday ochiqlik siyosati davom etaversin. Zero sukut infomaydonda faqatgina yolg’on va mish-mishlarni ko’paytiradi xolos.

@xoshimovuz
O'ylamay qilingan qarorlar qurbonlari.
Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov yumor bilan (kaneshna tonirovka) univer talabasi yutug’ini yozib ketibdi.

O’zbekistondan bo’lgan mutaxassislar gigant IT korporatsiyalarda o’z o’rniga ega bo’lib borishyapdi yil sayin. Kun kelib dunyoning yirik kompaniyalarida hindistonlik CEO larning o’rnini o’zbekistonlik mutaxassislar egallashadi hali deb umid qilamiz.

P.S. tonirovka overrated narsa.

@xoshimovuz
Notinchliklarni (tinch namoyishlardan farqli) qurbonlarsiz tinchlantirishni o'rganishimiz kerak. Chexov aytganiday, birinchi sahnada o'qlangan miltiq bo'lsa, ikkinchi sahnada albatta otishi kerak. Suvotgichlar, qalampir spreylari va h.k. Eng asosiysi odamlarga tinch namoyish qilishni o'rgatish kerak. Namoyish qilishga bermaslik yechim emas.

Masalan, Kataloniyada kun ora namoyishlar bo'ladi. Hech kim ajralib chiqib ketishga berib qo'ymaydi. Ahmoq ham biladi buni. Eng katta namoyishlardan biri 2019 yilda bo'lgan. 500 mingdan ortiq katalonlar ko'chaga chiqqan. Nol qurbon. (c)

@xoshimovuz
Forwarded from Mirzo Zominiy
"Oramizda, biz bilan birga mamlakatimiz rivoji uchun ko‘plab qoraqalpoqlar javlon urmoqda. Ulardan biri – nukuslik Kanat Abdikarimovdir.

O‘tgan hafta uni ikki dangal ish uchun "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlashdi.

Birinchidan. Kanat xalqaro testlar xarajatlari kompensatsiyasi bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi. Aynan u sababli IELTS, TOEFL, SAT kabilarni muvaffaqiyatli topshirganlarga imtihon xarajatlari qaytarib berilmoqda.

Ikkinchidan. U Wikipedia'ni o‘zbek tilidagi kontent bilan to‘ldirish bo‘yicha viki marafon uchun tashabbus ko‘rsatdi. O‘zbek tilida bunday maqolalar soni allaqachon 150 mingga yetdi! Bu ishlar, albatta, Yoshlar ishlari agentligi va Alisher Sa'dullayev qo‘llab-quvvatlashi bilan bo‘ldi.

Barakalla, Kanat! Siz bilan faxrlanaman!", deb yozadi
Aziza opa

Do‘stim Kanat bilan biz ham faxrlanamiz. El-xalqqa foydali tashabbuslarni to‘xtatmang!

@mirzo_zominiy