🗽Green Card Lottery🗽
9.18K subscribers
693 photos
540 videos
11 files
336 links
🇺🇸Green Card DV-2025...26🇺🇸

Green Card lotereyasi va Amerikaga immigratsiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring

🌐"Green-Card" rasmiy veb-sayti:
dvprogram.state.gov

Ma'lumot uchun:
@Green_Cardbot

Hamkorlar: @MrIbrohimBot
Download Telegram
Green Card natijalarini tekshirganingizda quyida keltirilgan sariq fondagi holatga duch kelayapsizmi?

Natijalarni tekshirganda bunday holat yuzaga kelishiga ikkita sabab bor:

1️⃣ - sababi, oʼyin kodini kiritishda agar siz qizil chiziq ichida koʼrsatilgan hariflar yoki raqamlarni oʼrnini almashtirib yozib qoʼyayotgan boʼlsangiz shunay holat kelib chiqadi.

2️⃣ - sababi, siz hammasini toʼgʼri kiritayapsiz ammo baribir yana shu holat chiqayapti, demak sizga Green Card anketasini toʼldirib bergan odam yoki firma sizga haqiqiy oʼyin kodini bermagan boʼladi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Green Card natijalarini tekshira olmayotganlar video chatga kiring online tekshirib beramiz.!
Live stream finished (1 hour)
Azizlar, sizlarga bir maslahat bilan murojaat qilmoqchimiz!

Xabarimiz bor, ko'pchilikka Green Card chiqmadi, aslo ko'nglingizni cho'ktirmang!
Maslahatimiz shundan iboratki, endi bundan buyog'iga Green Card anketasini o'zingiz mustaqil to'ldiring, firmadagilarga aslo ishonmang, yildan-yilga firibgar firmalar soni ortib bormoqda va shu firibgar firmalarni deb ko'pchilik qolib ketyapti! Eng achinarlisi shuki ular voyaga yetmagan va Green Card talablariga javob beradimi yo'qmi kiritaveradi anketaga, muhimi "soqqa" bo'lsa bo'ldi!

To'g'ri hozirgacha g'oliblar soni bo'yicha Samarqand hududi yetkachi hisoblanadi, eslab qoling qaysi hududda ariza beruvchilar soni ko'p bo'lsa o'sha hududda g'oliblar soni ham ko'p bo'ladi!

Shunday ekan bundan buyog'iga anketani o'zingiz to'ldiring, aslo qiyin joyi yo'q anketa to'ldirishni, odam qilgan ishni odam qila oladi!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Green Card lotereyasida qaysi viloyatdan turib ishtirok etdingiz?
Anonymous Poll
24%
Toshkent
10%
Andijon
4%
Buxoro
10%
Farg'ona
7%
Jizzax
4%
Xorazm
7%
Namangan
3%
Navoiy
10%
Qashqadaryo
21%
Samarqand
“Green Card” firmalar “jonlanish” arafasida…

4 may kuni “Green Card” javoblari e’lon qilingach ko’plab firmalar “uyg’onmoqda”. Albatta ayrim insonlarga ma’lumki hali “Green Card” mavsumi boshlangani yo’q, biroq “Green Card” haqida tushunchaga ega bo’lmaganlarni aldash ancha oson. Keling sizlarga ko’plab firmalarni salbiy tomonlarini keltirib o’tamiz.

Mavsum boshlanishidan oldin “Green Card” uchun ma’lumotarni to’plash albatta noo’rin ish, sababi siz ushbu firmalarga hozirdanoq ma’lumotlaringizni taqdim etsangiz o’yin boshlangan payt siz uchun anketa to’ldirish ehtimoli quyi darajada.

Aytaylik siz ushbu firmalarga ma’lumotlaringizni berdingiz va siz firmaga ma’lumotlaringizni taqdim etganingiz yodingizdan chiqib ketdi ham deylik, katta ehtimol bilan shunday bo’ladi ham va ushbu firma mavsum boshlangach sizni ro’yxatdan o’tkazib ham qo’ydi deylik, siz esa boshqa firmaga murojaat qilasiz va hisobda esa 2 marotaba ariza bergan hisoblanasiz yakunda esa siz “Green Card” lotereyasidan avtomatik ravishda diskvalifikatsiya ya’ni o’yindan chetlashtirilasiz!

Qolaversa mavsum boshlanishidan oldin taqdim etilgan suratlaringiz ham talabga javob bermaydi, rasmga ohirgi 6 oy Ichida tushilgan bo’lishi kerak.
Firmalarning yana bir salbiy jihati, siz bir firma orqali o’yinda ishtirok etgan bo’lsangiz kelasi yil o’yingacha ushbu firma sizning ma’lumotlaringizni saqlab ham oladi va sizning ruxsatingizsiz “Green Card” lotereyasi uchun sizning ruxsatingizsiz anketa to’ldiradi, hisobda siz takror 2 marotaba anketa to’ldirgan bo’lasiz va yana o’yindan chetlashtirilasiz, bu ish har o’yinda takrorlanaversa bir umr ishtirok etsangiz ham yuta olmaysiz!

Yurtimizda eng faol bo’lgan hudud – bu albatta Samarqand hisoblanadi. Barchada bir xil savol, nima uchun Samarqandliklarga ko’p yutuq chiqadi degan savol, bu savolning javobi esa oddiy: sababi ular ancha faol va ishtirokchilar soni ham haddan ortiq, lotereyada shunday qoida mavjud: qaysi hudud ishtirokchilari ko’p bo’lsa o’sha hududda g’oliblar soni ham ko’p. Samarqanddagi firmalarning ko’pi ham sizga “Confirmation Nimber” bermaydi, bu “Confirmation Number”siz hech narsa qila olmaysiz! Shunday ekan anketani o’zingiz to’ldiring!

Siz azizlardan yana bir narsani iltimos qilib qolar edik, also firmalarga murojaat qilmang, bir anketa uchun ham Samarqandga borib vaqtingizni ketkazmang, yutib olish baribir omadga borib taqaladi.

P.S. Xa aytgancha, “Gree Card” anketasini to’ldirish unchalik murakkab ish emas, YouTube ijtimoiy tarmog’ida ham yetarlicha video-materiallar mavjud, o’rganish uchun uzog’I 1 soat vaqtingiz ketadi, mavsum boshlanishiga yaqin o’zimiz ham video ishlaymiz nasib, sodda oson tushuntirilgan holda!

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
⚡️⚡️⚡️ Iyul oyi uchun viza bulletenlari e'lon qilindi

DV-2024 lotereyasi g'oliblari uchun Iyul oyida o'tkaziladigan suhbat uchun viza bulletenlari e'lon qilindi, unga ko'ra O'zbekiston uchun ajratilgan viza bulletenlari soni 12,000 tani tashkil etmoqda!

❗️Eslatib o'tamiz DV-2024 g'oliblari 12,000 gacha bo'lgan Tartib Raqam(Case Number)dagilar suhbatga chaqiriladi.

P.S. O'zgarishlar katta)

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Ajoyib yangilik!

Talablarga binoan, endilikda kanalimizga joylanib boriladigan barcha xabarlarni rus tilida ham o’qishingiz mumkin!

***

Отличные новости!

В соответствии с требованиями, теперь вы можете читать все сообщения, которые будут размещены на нашем канале, также на русском языке!
​​C-1 qanday viza?

1. Vizaning maqsadi: C1 vizasi faqat Qo'shma Shtatlar bo'ylab tranzit sayohat qilish uchun mo'ljallangan. Bu shuni anglatadiki, uning egasi AQShga faqat keyingi reysga o'tish yoki boshqa mamlakatdagi so'nggi manziliga ko'chib o'tish uchun kirishi mumkin.

2. Zarur shartlar: C1 vizasini olish uchun tranzit paytida AQSh hududini kesib o'tish rejalari, masalan, keyingi parvoz chiptalari yoki sayohatning yakuniy yo'nalishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak.

3. Qolish muddati: odatda, C1 vizasi egalariga AQShda faqat tranzit uchun zarur bo'lgan muddatga ruxsat beriladi. Yashash muddati viza muddati yoki I-94 immigratsiya shaklida belgilangan aniq shartlar bilan cheklanishi mumkin. Ushbu viza toifasi bilan Qo’shma Shtatlar hududida qolish muddati – 29 kun.

4. Chegaralangan harakatlar: C1 vizasi egalari AQShda ishlash, o'qish yoki boshqa tranzitga mos kelmaydigan harakatlar huquqiga ega emaslar. Shuningdek, ular mamlakat ichida bo'lganlarida o'z maqomlarini boshqa immigratsion bo'lmagan toifaga o'zgartira olmaydilar.

5. Qo'shimcha hujjatlar: AQSh vizasining har qanday turi uchun talab qilinadigan pasport va to'ldirilgan DS-160 anketasi kabi asosiy hujjatlardan tashqari, C1 vizasi AQShda faqat tranzitda bo'lish rejalarini tasdiqlovchi qo'shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

6. Yosh chgarasi: Ushbu vizani qo’lga kiritish uchun ham yosh chegarasi talabi mavjud. Da’vogarlar 13 yoshdan kichik bo’lmasligi va 80 yoshdan oshgan bo’lamsligi zarur.

❗️Shuni esda tutish kerakki, viza qoidalari va talablari o'zgarishi mumkin, shuning uchun eng dolzarb ma'lumotlarni olish uchun har doim rasmiy manbalarga yoki konsullik xizmatlariga murojaat qilish kerak.

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸 AQSh elchixonasida ishlashning afzalliklari

Videoda Toshkentdagi AQSh elchixonasi kadrlar bo'limi boshlig'i Mark Shlink elchixonada ishlashning qanday afzalliklari mavjudligi haqida so'z yuritadi!

P.S. Videoni AQSh elchixonasida ishlashni reja qilayotgan yaqinlaringizga ulashing :)

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸AQSh elchixonasida amaliyot qanday o'taladi?

Videoda Toshkentdagi AQSh elchixonasi kadrlar bo'limi boshlig'i Mark Shlink elchixonada amaliyot qanday o'talishi haqida so'z yuritadi!

P.S. Videoni AQSh elchixonasida ishlashni reja qilayotgan yaqinlaringizga ulashing :)

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​🇺🇸AQShga migrantlar kerak - Kongress

Kongress AQSHga migrantlar kelmasa, o‘lim tug‘ilishdan oshib ketishi haqida yozmoqda.

2040 yilga borib AQSHda o‘lim darajasi tug‘ilishdan oshib ketadi va migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, mamlakat aholisi kamayib keta boshlaydi. Bu haqda AQSH Kongressi Byudjet byurosining hisobotida aytiladi.

“Prognozlarga ko‘ra, 2040 yildan boshlab o‘lim ko‘rsatkichlari tug‘ilishdan oshadi. Oqibatda immigratsiya yo‘qligi sababli aholi soni kamayishni boshlaydi”, deyiladi Byudjet byurosi hisobotida.

Hujjat mualliflari 2054 yilda AQSHning umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 172 foizini, yaqin o‘n yil ichida federal qarzi esa 116 foizni tashkil etishini qayd etgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yili byuro 2053 yilga borib davlat qarzi hajmi YAIMning 181 foizini tashkil etishini bashorat qilgan edi.

Hujjatda tushuntirilishicha, ekspertlar Prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan qadamlar munosabati bilan kutilgan ko‘rsatkichni kamaytirishga qaror qilgan.

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Bayden va Tramp o'rtasidagi ilk teledebat noodatiy vaqtga belgilandi

Qo‘shma Shtatlarda amaldagi prezident Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi saylovoldi teleduel kutilmaganda iyun oyining oxiriga rejalashtirildi. Amerikaning CNN telekompaniyasi 15 may, chorshanba kuni teledebat 27 iyun oqshomida Jorjiya shtatining Atlanta shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Avvalroq Bayden, tashkiliy komissiya rejalaridan farqli ravishda, teledebatlarni tezlashtirish va ularni kelasi oyga belgilashni taklif qilgan va Tramp bunga rozi bo‘lgan edi. Bayden X platformasidagi mikroblogida shunday deb yozgan: «Men CNN’dan 27 iyun kuni debat o‘tkazish taklifini oldim va qabul qildim. Endi navbat senga Donald: istalgan joyda, istalgan paytda ko‘rishamiz».

P.S. Saylovda ishtirok etish imkoningiz bo'lganida kimga ovoz bergan bo'lar edingiz? :)

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
Savol: "Green-Card" lotereyasi uchun qachon ro'yxatdan o'tish mumkin?

Javob: "Green-Card" lotereyasi har yili kuz mavsumi Oktabr oyi boshida boshlanadi va Noyabr oyiga qadar davom etadi. Javoblar esa har yili May oyi boshida e'lon qilinadi.

❗️Eslatma: Mavsum boshlanmay turib hech kimga hech qanday hujjatlaringizni taqdim qilmang, lotereya faqat va faqat kuz faslida o'tkaziladi!

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
🏠AQSHda ko'chmas mulk sotib olish va ijaraga olish uchun TOP-5 sayt

Zillow (zillow.com) - AQShdagi eng yirik ko'chmas mulk qidirish saytlaridan biri bo'lib, turli xil turar joy va tijorat obyektlarini taklif etadi.

Realtor com (realtor.com) - butun mamlakat bo'ylab ko'plab ko'chmas mulk agentliklari bilan hamkorlik qiladigan yana bir yirik ko'chmas mulk qidirish manbai.

Trulia (trulia.com) - ijaraga olish va sotib olish uchun arzon uylar va kvartiralar haqida ma'lumot beradigan mashhur sayt.

Redfin (redfin.com) - ushbu sayt ko'chmas mulk tafsilotlarini, shu jumladan narxlar, fotosuratlar va maktablar va mahallalar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.

Apartments com (apartments.com) - kvartiralar, uylar va kondominiumlarni o'z ichiga olgan turar-joy mulklarini ijaraga olishga ixtisoslashgan.

P.S. Green-Card g'olibiga aylangan va AQShga ketayotgan tanishlaringizga yuborib qo'yishni unutmang :)

👉 Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸AQSh 🚩Oregon shtati

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube