JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📡 38 yoshli Toshkent teleminorasi tarixi:
1978-yili Yu.L.Semashko, N.G.Terziyeva-Sarukova va muhandislar E.P.Morozova, M.D.Musheyeva loyihalari asosida Toshkent teleminorasi qurilishi boshlangan.
Qurilish 6 yil mobaynida amalga oshirilgan. 1985-yilning 15-yanvarida esa foydalanishga topshirilgan. 1991-yili Buyuk minoralar federatsiyasiga a'zo bo'ladi. Teleminora balandligi bo'yicha 200 a'zo ichida hozirda 11-o'rinni egallab turipti. Markaziyo osiyoda bu kabi inshoot yagona hisoblanadi hamda MDH bo'yicha Ostankino teleminorasidan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi.
Minoraning balandligi 375 metrni, umumiy og'irligi 6000 tonnani tashkil qiladi.

@jetmediauz
🔷 Nvidia Broadcast dasturi ko'z qarashni imitatsiya qilishni o'rgandi.

Dastur foydalanuvchi, yohud kamera oldida turgan insonni ko'z qarashini aynan kamera tomonga qaragan xolda imitatsiya qilishni o'rgandi.
Bu imkoniyat boshqa tomonga qaragan xolda strim qilishda ancha as qotadi. Ko'pincha strimerlar kamera yonida yohud ortidagi matnni o'qishganda ko'z qirlari to'g'ridan-to'g'ri kameraga qaratilmaydi. Endi esa barchasi osonlashadi. Faqat dastur xar doim ham to'g'ri ishlay olmayapti. Bu borada esa dasturchilar xali yana izlanish olib borishlari aytib o'tilgan.
Darvoqe, ushbu imkoniyatdan foydalanib ko'rish uchun sizda NVIDIA GeForce RTX video kartalari o'rnatilgan bo'lishi lozim.
https://youtu.be/LAZhgC2uOeE

@jetmediauz
📱2022-yili dunyo bo'ylab ishlab chiqaruvchilar tomonidan 1.2 milliard dona smartfon yetkazib berilgan. 2021-yil bilan solishtirganda bu ko'rsatgich 11%ga kam.

Yetkazib berish bo'yicha yetakchilar:
1️⃣ Samsung – 22%.
2️⃣ Apple – 19%.
3️⃣ Xiaomi – 13%.
4️⃣ Oppo – 9%.
5️⃣ Vivo – 9%.

@jetmediauz
🖥 Ish bilan bo'lib, olma fanatlari uchun muhim sanani o'tkazib yuboribmiz. Bundan 40 yil avval, 19-yanvar 1983-yilda Apple kompaniyasi ilk grafik interfeysga ega LISA personal kompyuterini ommaga taqdim etgan edi.

@jetmediauz
🖥 Noutbuklar yildan-yilga ixchamlashib borgani sari, undagi ba'zi elementlar o'ta ingichka noutbuklar ishlab chiqarish uchun katta to'siq bo'lmoqda.
Jumladan Tezkor xotira (RAM) hozirda yanada ixchamlashtirish yo'nalishida asosiy to'siqlardan biridir. Hozirda SODIMM slotiga boshqa ixchamroq yangi alternativa yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. CAMM 0.5 noutbuklar uchun yangi turdagi RAM platasi ko'rinishi bo'lib, foydalanuvchilar uchun noutbuklarni imkoniyatini oshirish (upgrade) qilish uchun to'siq bo'lmaydi.
Hozirda yangi standart ustida yakuniy ishlar olib borilmoqda va shu yil oxirigacha uni qabul qilish rejalashtirilgan. Agar hammasi o'z vaqtida amalga oshsa, kelasi 2024-yildan ishlab chiqaruvchilar yangi turdagi tezkor xotira qurilmalari asosida noutbuklar ishlab chiqarishlari mumkin bo'ladi.

@jetmediauz