JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🖥 Noutbuklar yildan-yilga ixchamlashib borgani sari, undagi ba'zi elementlar o'ta ingichka noutbuklar ishlab chiqarish uchun katta to'siq bo'lmoqda.
Jumladan Tezkor xotira (RAM) hozirda yanada ixchamlashtirish yo'nalishida asosiy to'siqlardan biridir. Hozirda SODIMM slotiga boshqa ixchamroq yangi alternativa yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. CAMM 0.5 noutbuklar uchun yangi turdagi RAM platasi ko'rinishi bo'lib, foydalanuvchilar uchun noutbuklarni imkoniyatini oshirish (upgrade) qilish uchun to'siq bo'lmaydi.
Hozirda yangi standart ustida yakuniy ishlar olib borilmoqda va shu yil oxirigacha uni qabul qilish rejalashtirilgan. Agar hammasi o'z vaqtida amalga oshsa, kelasi 2024-yildan ishlab chiqaruvchilar yangi turdagi tezkor xotira qurilmalari asosida noutbuklar ishlab chiqarishlari mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
🔷 GitHub o'zida 100 million aktiv dasturchilarni jamlaganini e'lon qildi.
So'nggi 3 oy ichida dasturchilar soni 10 milliondan oshgan.

@jetmediauz
🔗avval va so'ng...
Shkaf quyi qismida analog Mini ATS qurilmasi va unga tegishli sim va patch panel o'zgarishsiz qoldi. Sababi, barcha simlar o'ylanmasdan ulangan. Qayta to'g'irlash, tashkilotni uzoq muddatga aloqasiz qoldirishi mumkin.

@jetmediauz
📡 Janubiy koreyada 6G tarmog'ini 2028-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Hukumat vakillari ma'lumotiga ko'ra, ular rejalashtirilgan muddatdan (2030-yil) 2 yil avval oltinchi avlod tarmog'ini ishga tushirishga tayyorlar.
Bu borada mamlakatning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 481 million dollar sarmoya bilan ishlar boshlab yuborilgan.
Bunday katta mablag' va shoshqoloqlikning sababi sifatida, Janubiy Koreya o'zini telekommunikatsiya sohasida yetakchiligini saqlab qolishga urinish deya baholanmoqda.

@jetmediauz
🔹Nokia o'z logotipini o'zgartirmoqda...

So'nggi 60 yil ichida logotipning ilk o'zgarishi, kompaniyaning 5G texnologiyasiga bor e'tiborini qaratishi bilan bog'lagan.

@jetmediauz
🔷Microsoft Windows 11 da ChatBotni aktivlashtirish bo'yicha qo'llanma!

Microsoft kompaniyasi Windows 11 - Moment 2 uchun katta yangilanish paketini ishlab chiqti. Ushbu yangilanishda eng asosiy jihat, bu Bing chat botini vazifalar panelida ishlashidir. Bot ChatGPT singari ko'plab savollarga javob bera oladi. Bundan tashqari Bot kerakli ma'lumotlarga yo'llanmalarni ham berib turadi va o'z ilm bazasini to'xtovsiz yangilab bormoqda.
Yangi Bing izlash tizimi hozircha hammada ham ishlayotgani yo'q. Botni aktivlashtirish uchun Githubdan ViveTool 2 ni yuklab olishingiz hamda C:\vivetool papkasiga joylashtirishingiz lozim.
Pusk - Terminal (administrator) ni tanlashingiz lozim.
Buyruqlar panelida c:\vivetool\vivetool addconfig 37969115 komandasini kiritib, ishga tushirishingiz, so'ng kompyuteringizni qayta yuklashingiz lozim.

@jetmediauz

http://jetmedia.uz/recommend/72-microsoft-windows-11-da-chatbotni-aktivlashtirish-boyicha-qollanma.html
📱Yangi elektron sim turi paydo bo'lmoqda...

Fransiyaning Thales kompaniyasi hamda Qulacomm integratsiyalangan sim kartalar bo'yicha yangi standartni taqdim etishdi. Yangi standart iSIM deya nomlanadi. iSIM eSIM analogi bo'lib, u chiplarning bir qismi sifatida ishlaydi. Qiziq tomoni, iSIM eSIM ga qaraganda 30 karrra kamroq joy egallaydi. Shunga monand tarzda iSIM kamroq energiya talab qiladi.
Yangi texnologiya barcha GSMA (Global System Association for Mobile Communications) xavfsizlik talablari bo'yicha sertifikatlarga ega.
Katta extimol Qualcomm tomonidan ishlab chiqiluvchi yangi chiplarda iSIM texnologiyasini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
📱Huawei yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi.
P60 seriyaga oid smartfonlar tashqi ko'rinishdan boshqa ishlab chiqaruvchilardan birmuncha farq qiladi.
Huawei P60 Art uchun boshlang'ich narx 1320$ etib belgilangan. Qolgan modellar ushbu narxdan birmuncha arzonroq.

@jetmediauz
⚡️📱Xitoy 2025-yildan 6G tarmog'ini yopiq test shaklda ishga tushirmoqchi.
Bu ish orqali Xitoy 6G tarmog'ining 2030-yilgacha ommaviy faoliyatini boshlamoqchi.
Mamlakatdagi uchunchi raqamli operator China Unicom texnik izlanishlarni 2025-yilgacha yakunlamoqchi va shundan so'ng yopiq test shaklda 6G tarmog'i ishga tushiriladi.

@jetmediauz
⚡️Nokia oyda 4G internetini ishga tushirmoqchi
4G internetini ta'minlovchi baza stansiyalari quyosh panellari yordamida elektr bilan ta'minlanadi.
4G LTE tarmog'i Nova-C oyga qo'nish moduli antennalari yordamida ishlaydi.
Internet 1.8GGz chastotada tezligi 50Mbit/soniyasigacha bo'lishi kutilmoqda. Tarmoq qamrovi esa 4km.
Oydagi 4G interneti shu yil yakunida ishga tushadi.

P.S.: O'zga sayyoraliklar uchun juda ham yaxshi yangilik 😁

@jetmediauz
⚡️Ilon Maskning ta'kidlashicha, insoniyatni to'liq qayta tiklanuvchan elektr energiyasiga o'tkazish uchun bor yo'g'i 10 trillion dollar kerak bo'lar ekan.
20 yil davomida ushbu rejani amalga oshirish uchun bu unchalik katta bo'lmagan summa sifatida baholanmoqda. Aynan nimaga asoslanib Mask bunday ma'lumot berayotgani ochiqlanmagan. Lekin tez orada milliarder bu borada kerakli xujjatlarni ommaga taqdim etishni ma'lum qilgan.
Darvoqe, hisob-kitoblarga ko'ra, butun dunyoni qayta tiklanuvchan elektrga o'tkazish uchun quyosh va shamol elektrostansiyalari yer yuzasining 0.2%, aniqrog'i 300 000 km/kvadrat qismini egallar ekan. Ma'lumot uchun, ushbu maydon Italiya yoki Polsha mamlakatlari hududi bilan deyarli tengdir.

@jetmediauz
📡 Smartfoningiz interneti E, 3G yoki GPRS belgisini ko'rsatmoqdami?
Internet tezligingiz juda past bo'lgan xollarda qanday qilib bu xolni yaxshilash borasida sizga 3 maslahat beramiz:

1. Smartfoningizni Polet rejimiga o'tkazib, qayta yoqing. Bu holda mobil tarmoqqa qayta ulanish sodir bo'ladi va ko'p xollarda tarmoq sifati yaxshilanadi.
2. Smartfon sozlamalarida tarmoq turini o'zgartirib, sifatni yaxshilash mumkin. Ba'zida 4G tarmog'i signali juda past bo'lishi mumkin. 3G ga o'tkazish yaxshiroq qamrovga ega tarmoqqa ulanish va internetni sifatliroq ishlashiga olib kelishi mumkin. Ko'pincha 4G ni o'chirib qo'yish smartfon quvvartini bir oz ko'proqga yetishiga ham olib keladi.
3. Turgan joyingizdan boshqa yaxshiroq joyga borishingiz yoki yuqoriroqqa ko'tarilishingiz zarur.
Ba'zi xollarda juda uzoq manzillarda bo'lganingizda ekraningizda GPRS borligi ham sizni baxtingiz.

@jetmediauz