JETmediaUZ
44 subscribers
402 photos
10 videos
1 file
51 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
📱Yangi elektron sim turi paydo bo'lmoqda...

Fransiyaning Thales kompaniyasi hamda Qulacomm integratsiyalangan sim kartalar bo'yicha yangi standartni taqdim etishdi. Yangi standart iSIM deya nomlanadi. iSIM eSIM analogi bo'lib, u chiplarning bir qismi sifatida ishlaydi. Qiziq tomoni, iSIM eSIM ga qaraganda 30 karrra kamroq joy egallaydi. Shunga monand tarzda iSIM kamroq energiya talab qiladi.
Yangi texnologiya barcha GSMA (Global System Association for Mobile Communications) xavfsizlik talablari bo'yicha sertifikatlarga ega.
Katta extimol Qualcomm tomonidan ishlab chiqiluvchi yangi chiplarda iSIM texnologiyasini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
📱Huawei yangi flagman smartfonlarini taqdim etdi.
P60 seriyaga oid smartfonlar tashqi ko'rinishdan boshqa ishlab chiqaruvchilardan birmuncha farq qiladi.
Huawei P60 Art uchun boshlang'ich narx 1320$ etib belgilangan. Qolgan modellar ushbu narxdan birmuncha arzonroq.

@jetmediauz
⚡️📱Xitoy 2025-yildan 6G tarmog'ini yopiq test shaklda ishga tushirmoqchi.
Bu ish orqali Xitoy 6G tarmog'ining 2030-yilgacha ommaviy faoliyatini boshlamoqchi.
Mamlakatdagi uchunchi raqamli operator China Unicom texnik izlanishlarni 2025-yilgacha yakunlamoqchi va shundan so'ng yopiq test shaklda 6G tarmog'i ishga tushiriladi.

@jetmediauz
⚡️Nokia oyda 4G internetini ishga tushirmoqchi
4G internetini ta'minlovchi baza stansiyalari quyosh panellari yordamida elektr bilan ta'minlanadi.
4G LTE tarmog'i Nova-C oyga qo'nish moduli antennalari yordamida ishlaydi.
Internet 1.8GGz chastotada tezligi 50Mbit/soniyasigacha bo'lishi kutilmoqda. Tarmoq qamrovi esa 4km.
Oydagi 4G interneti shu yil yakunida ishga tushadi.

P.S.: O'zga sayyoraliklar uchun juda ham yaxshi yangilik 😁

@jetmediauz
⚡️Ilon Maskning ta'kidlashicha, insoniyatni to'liq qayta tiklanuvchan elektr energiyasiga o'tkazish uchun bor yo'g'i 10 trillion dollar kerak bo'lar ekan.
20 yil davomida ushbu rejani amalga oshirish uchun bu unchalik katta bo'lmagan summa sifatida baholanmoqda. Aynan nimaga asoslanib Mask bunday ma'lumot berayotgani ochiqlanmagan. Lekin tez orada milliarder bu borada kerakli xujjatlarni ommaga taqdim etishni ma'lum qilgan.
Darvoqe, hisob-kitoblarga ko'ra, butun dunyoni qayta tiklanuvchan elektrga o'tkazish uchun quyosh va shamol elektrostansiyalari yer yuzasining 0.2%, aniqrog'i 300 000 km/kvadrat qismini egallar ekan. Ma'lumot uchun, ushbu maydon Italiya yoki Polsha mamlakatlari hududi bilan deyarli tengdir.

@jetmediauz
📡 Smartfoningiz interneti E, 3G yoki GPRS belgisini ko'rsatmoqdami?
Internet tezligingiz juda past bo'lgan xollarda qanday qilib bu xolni yaxshilash borasida sizga 3 maslahat beramiz:

1. Smartfoningizni Polet rejimiga o'tkazib, qayta yoqing. Bu holda mobil tarmoqqa qayta ulanish sodir bo'ladi va ko'p xollarda tarmoq sifati yaxshilanadi.
2. Smartfon sozlamalarida tarmoq turini o'zgartirib, sifatni yaxshilash mumkin. Ba'zida 4G tarmog'i signali juda past bo'lishi mumkin. 3G ga o'tkazish yaxshiroq qamrovga ega tarmoqqa ulanish va internetni sifatliroq ishlashiga olib kelishi mumkin. Ko'pincha 4G ni o'chirib qo'yish smartfon quvvartini bir oz ko'proqga yetishiga ham olib keladi.
3. Turgan joyingizdan boshqa yaxshiroq joyga borishingiz yoki yuqoriroqqa ko'tarilishingiz zarur.
Ba'zi xollarda juda uzoq manzillarda bo'lganingizda ekraningizda GPRS borligi ham sizni baxtingiz.

@jetmediauz
🖥 Windows 10 uchun yangi Updatelar chiqishi to'xtatildi

22H2 Windows 10 OT uchun so'nggi katta Update bo'lib qoladigan bo'ldi. Microsoft kichik teshiklarni yopuvchi yangilanishlarni chiqarishda davom etadi. Lekin 2025-yilning 5-oktabriga qadar. Bundan tashqari Windows 10 LTSC korporativ versiyasi 2029-yilgacha texnik qo'llab-quvvatlanishda davom etilishi ma'lum qilindi.
Kompaniya vakillaridan biri, tezroq Windows 11 ga o'tishni tavsiya qilmoqda.
P.S.: Majburiy-ixtiyoriy yangilanish davri davom etadi 🙃

@jetmediauz
⚡️TP-LINKdan Archer T2UB Nano qurilmasini qarshi oling...
Ikki diapazonli USB adapter o'zining o'ta ixcham ko'rinishi bilan sizni qoyil qoldira oladi. Wi-Fi AC600 va Bluetooth 4.2
Bluetooth orqali bir vaqtning o'zida 7 tagacha bo'lgan qurilmalar bilan bog'lanish mumkin. Wi-Fi orqali ximoyalangan bog'lanish: WEP, WPA, WPA2, WPA3, WPA-PSK, WPA2-PSK va WPA3-SAE
O'zbekistonda 180 000 so'mdan boshlab sotib olishingiz mumkin.

@jetmediauz
💾 Analitiklarning hisobotiga ko'ra, 1 sutka davomida internet tarmog'ida 2,5 Eksabayt ma'lumot generatsiya qilinmoqda. Taxminiy hisob-kitoblar 2 yildan keyin ushbu ko'rsatgich deyarli 5 barobarga oshishi kutilmoqda.
(1 Eksabayt = 1073741824 Gigabayt)

@jetmediauz
Windows 12 2024-yilning kuzida ommaga taqdim etilishi kutilmoqda...
Yangi operatsion tizimning fishkasi sifatida uchib yuruvchi vazifalar paneli ko'rsatib o'tilgan.

@jetmediauz
👮🇺🇿IIV qoshidagi Kiberxavfsizlik markazi tomonidan yo'llanma va saytlarni tekshiruvchi maxsus sayt ishga tushirildi.
Servis ko'satilgan yo'llanma/saytlarni haqiqiy yoki feyk ekanini tekshiradi. Agarda bazada siz ko'rsatgan sayt/yo'llanma mavjud bo'lmasa, uni tekshirish uchun yuborishingiz mumkin.

@jetmediauz
🖥Debian/Linux 30 yoshni qarshi oldi
Distributiv 1993-yilning 16-avgust kunida Yan Myordok tomonidan anons qilingandi.
Debian paydo bo'lganidan beri 18 reliz ishlab chiqilgan. Loyihaga mingdan ziyod dasturchilar o'z xissalarini qo'shib kelmoqdalar.
Debian texnologiyasi asosida 400 dan ziyod boshqa distributivlar yaratilgan. Ulardan eng mashhuri - bu Ubuntu.

@jetmediauz
⚡️Rossiya 2035-yilda 6G tarmog'ini ishga tushirmoqchi

Rossiyada aloqa soxasini rivojlantirish bo'yicha yo'l xaritasi taqdim etildi. Unga ko'ra 2035-yilga qadar barcha 100000dan ziyod yashovchiga ega axoli punktlarining 98% 5G tarmog'i bilan qoplanishi lozim.
Ushbu xaritada yana bir qiziq mavzu mavjud. U ham bo'lsa 2035-yilda 6G tarmog'ini ommaviy ishga tushirish. Hozircha bu borada faqat taxminlar kiritilgan. Unga ko'ra, 6G tarmog'i 95 GHz (gigagerts) dan 3THz (teragerts) chastotada faoliyat olib boradi. Tezlik 1TBit/s tezlikgacha borishi kutilmoqda. Ammo, teragerts chastotalar insonga zararsizligi borasida hech qanday tadqiqotlar olib borilmagan.

@jetmediauz
😁 PC yig'ishda duch kelinadigan eng katta muammo...

@jetmediauz
🖥 IBM qadimiy dasturlash tili bo'lgan COBOLdan voz kechmoqda...

IBM kompaniyasi sun'iy intelekt bazasi asosida maxsus dasturiy ta'minotni yozib tugatdi. Ushbu dastur qadimiy (1959-yilda yaratilgan) dasturlash tili bo'lgan COBOLda yozilgan dasturlarni Java tiliga o'girib beradi. Bu orqali hozirga qadar ko'plab davlat tashkilotlarida ishlayotgan eski dasturlarga yangi nafas berish va ularni Java muhitiga o'tkazish maqsad qilingan. Shundan so'ng COBOLdan butunlay voz kechish mumkin bo'ladi.
P.S.: Hozirda COBOL dasturlash tilida kod yozuvchilar sanoqli va ularning deyarli hammasi pensiya yoshida.

@jetmediauz