Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
6.01K subscribers
20.9K photos
3.19K videos
12 files
16.8K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
http://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
Fuqarolar murojaatiga telegramdagi havola: @Viloyat_hokimiga_murojaat
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/jizzaxviloyathokimligi/
Download Telegram
Sharof Rashidov tumanidagi past quvvatda ishlayotgan korxona faoliyati o'rganildi

Joriy yilning 12 yanvar kuni Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Akmal Bokiyev tomonidan past quvvatda ishlayotgan investitsiya loyihalarini o‘rganish maqsadida Sharof Rashidov tumanida "Temurbeklar akademiyasi" NTM faoliyati o'rganildi. O'rganish davomida ushbu muassasaning past quvvatda ishlashiga sabab bo'layotgan omillar aniqlandi hamda muammoni bartaraf etish bo'yicha batafsil tushunchalar berildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Arnasoy tuman Kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Arnasoy tumani “Oltin vodiy” mahallasida joylashgan Madaniyat markazida “Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Arnasoy tuman Kengashining tashkiliy yigʻilishi” boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Xurshid Alimardanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori va 2023-yil 21-dekabrdagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209-sonli farmonida berilgan vazifalar yuzasidan maʼruza qildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zafarobod tumani “Nurafshon” SHFY Tinchlik mahallasida “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” mezonlari doirasida ishlar davom etmoqda.

Davlatimiz Rahbarining har bir hududdan viloyat sektorlari kesimida mahalalarda “Obod xonadon, obod koʻcha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish haqidagi topshirig'i ijrosini taʼminlash maqsadida Zafarobod tumani hokimi Oʻ.Raxmanov, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik B.Musurmonov tomonidan bajariladigan ishlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G'allaorol tumanida yoshlar ishtirokida tadbirkorlik asoslari va kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha seminar tashkil etildi

Mazkur seminar “Yoshlar – kelajagimiz” jamg'armasi Jizzax viloyat filiali, Yoshlar ittifoqi G'allaorol tuman kengashi, Savdo-sanoat palatasi G'allaorol tuman bo'limi, “Agrobank” ATB G'allaorol tuman filiali hamda tumanning tajribali tadbirkorlari bilan hamkorlikda tumandagi 78-sonli maktab o'quvchilari uchun tadbirkorlik asoslari va kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha seminar tashkil etildi.

Seminar davomida seminar tashkilotchilari tomonidan «Tadbirkorlikka ilk qadam», «Biznes g‘oya nima?», «Kredit nima?» kabi mavzularda yoshlarga tushunchalar berildi. Seminar savol-javoblar va qizg'in baxs-munozaralardan iborat tartibda bo'lib o'di.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilmoqda

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda viloyat Mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengashining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish va mahalla “yettiligi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha imzolagan qaroriga binoan Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev raisligida viloyatda mahallalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Kengashning birinchi tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Batafsil👉 https://goo.su/QAU8

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʻlsin

Bugun 16-yanvar, seshanba yilning 16-kuni yil yakuniga 350 kun qoldi

KUN TARIXI

1957-yilda Liverpulda The Cavern klubi ochildi, u The Beatles aʼzolari bu erda chiqish qila boshlagani bilan mashhur.

1973-yilda Lunokhod 2 Oy yuzasi boʻylab sayohatga chiqdi.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1934-yilda teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti Vasiliy Lanovoy tugʻilgan.

1959-yilda nigeriyalik britaniyalik qoʻshiqchi, Sade guruhining etakchi qoʻshiqchisi Sade Adu tugʻilgan.

Britaniyalik model Kate Moss 1974-yilda tugʻilgan.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forishlik o‘rmonchilar qo‘shni Arnasoy tumanida daraxt ekishda ko‘maklashmoqdalar

Arnasoy tumani “Mustaqillik” suv iste’molchilari uyushmasi hududida faoliyat olib borayotgan “Jo‘rabek Sariуev” fermer xo‘jaligida Forish tuman davlat o‘rmon xo‘jaligi bilan Arnasoy tuman hokimligi hamkorligida Arnasoy tumanida ihota daraxtzorlarini barpo etish yuzasidan ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Forish tuman davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori Sardor Tursunboуev va boshqa mutaxassislar tomonidan ihota daraxtzorlarini barpo etish ya’ni dala chetlariga tut ko‘chatlari ekish, sug‘oriladigan yerlarning shamol erroziyasi hamda suv xo‘jaligi ob’ektlarini qum bosishidan himoya zonalari barpo etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Amaliy seminar davomida Arnasoy tuman hokimi Xurshid Alimardonov hamda Forish tuman davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori Sardor Tursunboуev boshchiligida seminar ishtirokchilari tomonidan 6 ming tup tut ko‘chatlari dala chetlariga ekildi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahallani qo'llab-quvvatlash Kengashlarining tashkiliy yig'ilishlari bo'lib o'tmoqda

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish avvalida iqtisodiy kompleks mavzusi birinchisi ekani, kelgusida barcha soha va tarmoqlar faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilishi taʼkidlandi.

Oʻtgan yili iqtisodiy oʻsish 6 foizni tashkil qilgani, bu yil ham bu borada katta rejalar olingani qayd etildi. Ularni amalga oshirish uchun iqtisodiy kompleks juda qattiq ishlashi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Iqtisodiy kompleksda jami 40 nafar rahbar oʻrinbosarlari bor. Lekin, hozir iqtisodiyotga masʼullarda zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayapti. Ayrim rahbar oʻrinbosarlari oʻziga masʼuliyat olmasdan, mudrab oʻtirgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tizimni qayta koʻrib chiqib, iqtisodiy kompleksdagi oʻrinbosarlar sonini 15 foizga qisqartirish boʻyicha taklif kiritishga topshiriq berdi.

Bunda har bir tumanda, viloyatdagi iqtisodiy kompleksning rahbar va oʻrinbosarlari hamda 11 ta vazir va idora rahbari, oʻrinbosarlariga masʼuliyati va javobgarligi aniq belgilab beriladi. Soʻrov ham shunga yarasha qattiq boʻladi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etiladi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bogʻlanadi.

Ushbu rahbarlar bir hafta muddatda xalqqa murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntiradi hamda oʻziga katta masʼuliyat va javobgarlik oladi.

Endi vazir oʻrinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda boʻlib, ular vazirlik uchun belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qiladi.

Belgilangan rejalarga erishish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi: vazirlik va idora rahbarlarining hisoboti har haftada Hukumat rayosatida, har chorakda esa Oliy Majlisda koʻrib chiqiladi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident 2024-yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Joriy yilda yalpi ichki mahsulotni kamida 6 foizga koʻpaytirib, 100 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

Lekin, oʻtgan yili sanoat 6 foiz oʻsgani bilan, ishlab chiqarishda qoʻshilgan qiymat 40 foizdan oshmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Bu raqamlar bizni qoniqtirmaydi. Bular asosan importga qaramlik va energiya isteʼmoli yuqoriligi hamda ortiqcha xarajatlar koʻpligi sababli boʻlmoqda
- dedi davlat rahbari.

Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan boʻlsa-da, koʻp tarmoqlar davlatga tushumni taʼminlash oʻrniga xarajatini oshirayotgani qayd etildi. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq oʻsgani kuzatilgan

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat  |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili boʻladi.

Bundan buyon, sanoatda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari birinchi galda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratadigan va bozori bor mahsulotlar uchun beriladi.

Masʼullarga 2024-yilda qoʻshilgan qiymatni 45 foizdan oshirish, tannarxni 15 foizga kamaytirish, umuman, sanoatda 7 foiz oʻsishni taʼminlash boʻyicha korxonabay chora-tadbir tasdiqlab, amalga oshirish topshirildi.

Shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trillion soʻmga, debitor qarzdorlikni 8 trillion soʻmga kamaytirish zarur.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Strategik islohotlar agentligiga har oyda kamida 2 tadan tarmoqni tahlil qilib, qanday qilib tannarxni kamaytirish, qoʻshilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish mumkinligini koʻrsatib berish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, joriy yilda iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning kamida 6 foiz oʻsishini taʼminlash iqtisodiy kompleks rahbariyatining asosiy vazifasi etib belgilandi.