Moliyachi.uz
614 subscribers
213 photos
25 videos
13 files
483 links
O‘zbekiston va jahon moliya olami yangiliklari, nazariya, amaliyot va tahliliy sharhlar.
Website: https://moliyachi.uz
Rus: @FinansistUZ
Aloqa: @MoliyachiUZbot
Hamkorlar:
@minfinuzb
http://www.uzse.uz
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i boʻyicha o‘zgarishlar

🔸2022-yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi 1-qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha oʻrtacha 10%ga indeksatsiya qilindi. 2018-yilda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan belgilangan jismoniy shaxslar uchun soliq solish obyektlarining kadastr qiymati miqdori (soliq bazasi) saqlanib qolishi shuni taqozo etdi.

🔸2023-yilda turar joy fondi obyektlariga (shu jumladan, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan mashina turar joylariga) ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qoʻllash amaliyoti saqlab qolindi.

Xususan
, 2023-yilda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.

Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilindi. Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.

Yer soligʻi boʻyicha cheklov jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanmaydi.

🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:

а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 %i miqdorida belgilashga haqli;

b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.

🔸Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.

🔸2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.

🔸2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).

🔸Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter