Toshkent moliya instituti
12.6K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EduForum_2023

Oʻzbekiston - Koreya rektorlari forumining seksiya yigʻilishlari va hujjatlar almashinuv marosimidan videorolik

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xabarlar

⚡️1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1-maydan mehnatga haq toʻlash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.

Telegram: @moliyauz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O’zmaqsadlaringnibil
#befarqemasman

Zamonaviy o‘zgaruvchan dunyoda oilaviy qadriyatlarni saqlash davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli, o‘zgartirish kiritilayotgan Konstitutsiyaning 76-moddasida anʼanaviy oila va nikoh munosabatlarini saqlash - zamon talabi deb baholash kerak.

Shoislomova Nargiza,
Toshkent moliya instituti dotsenti

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
🧾 Xalqaro IT-sertifikat o‘zi nima?

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

👉 Batafsil ma'lumot yuqoridagi karusel posterda

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#master_klass

FRANSIYADAN ONLAYN MAHORAT DARSI

👉 Batafsil...

——————————

OНЛАЙН МАСТЕР-КЛАСС ИЗ ФРАНЦИИ

👉 Подробнее...

——————————

ONLINE MASTER CLASS FROM FRANCE

👉 Read more...

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#AI

Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha Elevate taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

“Google Cloud” Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birgalikda ayollarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrgatish boʻyicha keng koʻlamli bepul “Elevate” taʼlim dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi — STEM sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida martaba qurish va davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Trening ingliz tilida, gibrid formatda, “Google Cloud” jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori boʻlgan ayollar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.

Trening ikki yoʻnalishda olib boriladi:

1.Texnik kompetensiyalar —
dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud Arxitekturasi, maʼlumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Processing).

2. Biznes kompetensiyalari — barcha uchun umumiy yoʻnalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 31-martgacha havola orqali qabul qilinadi.

Telegram: @moliyauz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O’zmaqsadlaringnibil
#befarqemasman

Davlatning eng asosiy qonunida ayol va erkaklarning huquq va imkoniyatlari tengligi belgilanishi yangi 58-modda bilan mustahkamlanmoqda.

Nurmuxamedova
Barno,
TMI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#Tanlov2023

📢“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

💡Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:

🔹Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
🔹Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
🔹Biologiya fanlari
🔹Biotexnologiya fanlari
🔹Filologiya va ijtimoiy fanlar
🔹Huquq fanlari
🔹Iqtisod fanlari
🔹Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
🔹Matematika, fizika va mexanika fanlari
🔹Pedagogika va psixologiya fanlari
🔹Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
🔹Tarix va arxeologiya fanlari
🔹Texnika fanlari
🔹Tibbiyot fanlari
🔹Veterinariya va chorvachilik yo‘nalishi
🔹Farmakologiya va farmasevtika fanlari
🔹Yer to‘g‘risidagi fanlar

📥Hujjatlar 5-mayga qadar www.grant.mininnovation.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

👩‍💻Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

👉BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 29-mart kuni Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda rektor T.Teshabayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mexmonov, Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari, shuningdek, Kyungvon universiteti prezidenti Kim Dong Je hamda Xalqaro munosabatlar bo‘limi bosh direktori Chun Ju Younglar ishtirok etishdi.

Batafsil: https://tfi.uz/uz-Latn/news/kyungvon_universiteti_vakillari_bilan_uchrashuv_otkazildi

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Video

❇️Janubiy Koreyaning Kyungvon universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

❇️A meeting was held with representatives of Kyungwon University of South Korea

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
​​#Retro

*  *  *

Birga intilib nurga,
Endi emasmiz birga...
Hayronu, lolmiz sirga -
Muz boʻldik, bizdan uzr.

Oltin dedik, misdaysiz,
Eʼtiborlar qistaysiz.
Shirin hayot istaysiz,
Tuz boʻldik, bizdan uzr.

Boʻlolmadik riyokor,
Soxta, beroʻy, niqobdor.
Balki qiyshiq, lekin bor -
Yuz boʻldik, bizdan uzr.

Bahor sizga, yoz sizga,
Qancha boʻlsa - oz sizga.
Xazonlar hamroz bizga,
Kuz boʻldik, bizdan uzr...

BOBUR BOBOMUROD

Telegram: @moliyauz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#noComment

Tanlov o'z qo'lingizda 👈👉

©️Telefon majoziy maʼnoda tasvirlandi

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Konstitutsiyamizga kiritilayotgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar yoshlarga har tomonlama qaratilgan siyosatning inʼikosi, aks etishi va huquqiy kafolati desak boʻladi.

Bobur Bobomurod,
Toshkent moliya instituti boʻlim boshligʻi,
shoir.


Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#karyera_kuni

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasiga taklif etamiz!

Toshkent moliya instituti
da tayyorlanayotgan mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholini bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimlarini talabalar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2023-yil 14-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha institutda oʻtkaziladigan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiriga ishtirok etishga taklif etamiz.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Bizning_faxrimiz

Talabalarimiz chempion!

Batafsil

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
#champion

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Qozogʻiston Respublikasi Almaty shahrida “Speedcubing” sporti boʻyicha ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.

Batafsil

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
🎓 Barcha talabalarni “Talaba-Fest” ko‘ngilochar tadbiriga taklif qilamiz!

🟢Taniqli san’atkorlar chiqishlari;
🟢Quvnoqlar va zukkolar jamoalari;
🟢Yutuqli viktorina;
🟢Ommaviy raqslar va yana ko‘plab syurprizlar Siz uchun tayyorlab qo‘yilgan.

😉 Festivalga tashrif buyurish bepul va yuqori kayfiyat kafolatlanadi!

🎙 Ha aytgancha, “Talaba-Fest”ga siz tanigan mehmon san’atkorlar “Nihol” mukofoti sovrindori Aziz Rajabiy, “Suvdan ko‘tardim ko‘za” qo‘shig‘i bilan internetni portlatgan Elyor Meliboyev, “Aktyor shou” teleloyihasi g‘olibi Asqar Umarxon va yana ko‘plab san’atkorlar tashrif buyurishadi.

📍Manzil: Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi binosi oldi

👉 Manzil lokatsiyasi

Barcha talaba-yoshlarni ertaga 19:30 da talabalar festivaliga lutfan taklif qilamiz!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talablarga_binoan

***

Koʻchamizga qaraymiz,
Katta bizning koʻchamiz.
Turfa eshiklar qator,
Qaysi birin ochamiz?!

Qadamda sharobxona,
Oralab kabobxona.
Lek, afsus, topilmaydi -
Bitta ham kitobxona.

Bor hokim - janobxona,
Ham qozi - javobxona.
Uchramaydi, lek, attang,
Bir kitob - savobxona.

Dorixona ham bisyor,
Goʻyo butun el bemor.
Qalbga shifo boʻlguchi -
Kutubxona yoʻq bekor.

Maʼrifat tutib, xona,
Dardlarin yutib, xona.
Turadi kutubxona -
Intizor, kutib xona...

Koʻchamizga qaraymiz,
Shumi bizning koʻchamiz?
Kutubxona boʻlmasa -
Bu koʻchadan koʻchamiz!..

BOBUR BOBOMUROD

Telegram: @bobur_bobomurod