Toshkent moliya instituti
12.5K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talablarga_binoan

***

Koʻchamizga qaraymiz,
Katta bizning koʻchamiz.
Turfa eshiklar qator,
Qaysi birin ochamiz?!

Qadamda sharobxona,
Oralab kabobxona.
Lek, afsus, topilmaydi -
Bitta ham kitobxona.

Bor hokim - janobxona,
Ham qozi - javobxona.
Uchramaydi, lek, attang,
Bir kitob - savobxona.

Dorixona ham bisyor,
Goʻyo butun el bemor.
Qalbga shifo boʻlguchi -
Kutubxona yoʻq bekor.

Maʼrifat tutib, xona,
Dardlarin yutib, xona.
Turadi kutubxona -
Intizor, kutib xona...

Koʻchamizga qaraymiz,
Shumi bizning koʻchamiz?
Kutubxona boʻlmasa -
Bu koʻchadan koʻchamiz!..

BOBUR BOBOMUROD

Telegram: @bobur_bobomurod