Ziyolilar kanali
1.53K subscribers
3.27K photos
1.27K videos
3.87K files
1.94K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@obidjonnarjigitov_bot
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
April 18
O'quv dasturidagi asosiy tushunchalar darslar tizimi orqali o'tib bo'lgandan keyin, yoki darslikdagi biror bob tugagandan keyin nazorat o'tkazishi bilimlarni bazorat qilishning qaysi turika kiradi?
Anonymous Quiz
12%
kundalik nazorat
51%
tematik nazorat
37%
davriy nazorat
April 18
April 18
April 21
📘 Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar

Dunyo bo‘yicha eng qisqa hikoyalar, 15 ta eng qisqa hikoya, ularning hajmi 1 qator, mazmuni o‘ziga xos yechimga ega kichik hikoyachalar.

Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo‘lib “parcha, bo‘lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o‘ziga xos kichik janri bo‘lib epigraf o‘qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.

Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o‘zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Vazir ustamasi imtihonida shu drabl deganidan savol tushdi .
Katta ehtimol bilan Attestatsiyada ham tushishi mumkin .

Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:

📖1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

📖 2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

📖 3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg‘i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

📖 4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o‘zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

📖 5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining xayoli: «Parol» nima edi-ya?

📖 6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

📖 7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko‘ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

📖 8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

📖 9-hikoya. Yolg‘izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o‘tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

📖 10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

📖 11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to‘rt ming suvoriydan yolg‘iz ugina urushdan vataniga sog‘-omon qaytdi.

📖 12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

📖 13-hikoya. 6 so‘zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

📖 14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og‘irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

📖 15-hikoya. Qo‘rquv (Nodirabegim Ibrohimova)
-Endi uxla, toychog‘im,- ona shunday deb chiroqni o‘chirdi. — Oyi! O‘chirmang, iltimos. Qorong‘ilikdan juda qo‘rqaman! — dedi ko‘zlari ojiz bolakay.
April 21
April 21
April 21
April 21
O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirib bergach sinfdagi o'quvchilarni o'zi
guruhlarga bo'ldi. Doskaga jadval chizib uni mavzuga oid ma'lumotlar bilan
to'ldirishlarini so'radi. O'qituvchi bergan topshiriq Blum taksonomiyasining qaysi darajasida qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
17%
Bilish
37%
Tushunish
28%
Tahlil qilish
18%
Sintez
April 21
April 21
?
Anonymous Quiz
38%
A
33%
B
8%
C
20%
D
April 21
April 21
April 22
#ATTESTATSIYA

1. Oskar Uayld qanday oilada tugilgan?
-ziyoli oila, otasi shifokor
2. “Turkiylar” sherida ilvasin sozining manosi nima?
-qush turi: bedana, kaklik tustovuq (sherda mard, jasur, sher degan
manoda)
3. “Baxtli shahzoda” asarining tarjimoni kim?
-Mahkam Mahmudov va Abdulhakim Muhammadiyev
4. Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman! satrlari kimniki?
-Xurshid Davron
5. Ogrilik aks etgan asarlar?
-“Shum bola”, “Ogri”, “Mallalar uyushmasi”
6. “Yevgeniy Onegin”asarining epigrafi?
-Ham yashashga oshiqar, ham shoshar his etmakka
7. Gapdagi yasama soz?
-maqtanchoq
8. Nodira Ibrohimova tarjima qilgan asar?
-“Rahmat sizga, xonim”
9. “Bir kunlik yoz” asarini kim tarjima qilgan?
-Zafar Tilovov
10. “Arjumand etmas” gazali
-Navoiy
11. “Devonu lug’atit turk” asaridan esiz, ajun, o’dlak sozining
manolari?
- esiz-yomon, yaramas, manfur
-ajun-dunyo
-o’dlak-vaqt, zamon
12.Gushtigir sozining manosi?
-Kurash, polvonlik
13. “Esimda, 5-sinfda oqib yurgan kezlarimda S.Yeseninning
“Zamin dargasi” kitobini yod olganim uchun dadam Qoqon
shahriga sayohatga olib borgan”,- deya qaysi ijodkor eslaydi
-Iqbol Mirzo
14. Ham yashashga oshiqar, ham shoshar his etmakka?
-“Yevgeniy Onegin” asarining epigrafi
15. Naftandoz sozining manosi?
-ot oldiradigan qurol, manjaniq (asarda ajdahodek ot purkovchi deya
tariflangan)
16. Remark qanday oilada tugilgan?
-kitob muqovachisi
17. “Yulduzli tunlar”da “Boburning ham havasini keltirgan,
soqollari oppoq, qoshlariga ham oq tushgan” deya tariflangan
obraz kim?-
-Javhariy
18. Tufuliyat otgachki boldi shabob. Tufuliyat sozining manosi
nima?
-bolalik
19. “Menga qulluq qilma, yurt tuprog’in o’p” kimniki?
-Erkin Vohidov
20. Navoiyning “Men siniq, konglim siniq…” fardi haqida togri
malumotni toping
-mening holimni men kabi qiynalmagan bilmaydi
21. “Hayratlarda qotgaysiz, meni korganda ul dam kimning sheri?
-H.Xudayberdiyeva “Begim, sizni tabiat”
22. “Oddiseya”, “Iliada” tarjimoni kim?
-Qodir Nurmuhamedov
23. Men turkiy sozlarni yovvoyi tog kiyigi deb bildim…. kim
aytgan?
-Yusuf Xos Hojib
24. Aybgo va aybjo sozlari qanday sanatni hosil qilgan?
-ishtiqoq
25. Boburning “Lola” gazalida sahfa sozining manosi?
-xat yozish uchun moljallangan qogoz sahifasi
26. Mashrabning hasbi hol gazali?
-Mashrabman
27. Yulduzlarning harakatiga emas, ozimizning harakatimizga
qarab ish koraylik… qaysi asardan?
-“Navoiy” romanidan
28. “Lobo” tarjimoni?
-Togay Murod
29. “Baliq ovi” sheri - Mirtemir, “Baliq ovi hikoyasi” - Qamchibek
Kenja
30. “Meni men istagan” gazalidagi radif?
-etmas
31. “Chol va dengiz” tarjimoni?
-Ibrohim Gofurov
32. Xameleon tarjimoni?
-A.Qahhor
33. Uslubiy xato qollangan gap?
-Avlodlar merosini organamiz
34. Togri yozilgan soz
-tarjimayi hol
35. Felli soz birikmasi?
-bafurja gaplashmoq
36. Undov soz?
-balli, ofarin
37. Sof boglovchi?
-biroq
38. Umumlashtiruvchi soz qo’llangan gap?
-uchalasi
39. Xursandchilik manosidagi ibora?
-ogzi qulogida
40. Ergashgan qoshma gapni boglovchi vosita?
-komakchili qurilma
41. “Momo yerim, o’zing berding” she’ri?
-Mahmud Toirniki
42. “Gumbazdagi nur”da kimning qabri keng edi deyiladi?
A.Temur
43. Urgu bilan farqlanuvchi soz?
-akademik
44. Dahshat qiz ekan
-jargon
45. Samarqandda tugilgan,bolaligi Nurota toglarining gozal
tabiati orasida kechgan…Bu kim?
-Azim Suyun
46. Quyoshni koryapman, u ham qarirmikan,yoq nima deyapsan,
quyoshni ozingga teng korma.Qaysi asardan?
-“Tanho qayiq” Orol bobo
47. Qaysi boglovchi ergashgan qoshma gap qismlarini
boglamaydi?
-teng: biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor
48. Faqat badiiy uslubga xoslangan sozni toping.
-tabassum qilmoq
49. Hatto dorning yog'ochlaridan yordam so'ragan obraz
-Xolbeka
50. “Xameleon”da uchramaydigan kasb?
-bogbon
51. Ular avval bizga yetib olishsin, keyin birga jonaymiz.
-payt munosabati, bog’lovchisiz qo’shma gap
52. “..eshik singan, deraza romlarining yarmi boyalgan

ATTESTATSIYADA TUSHGAN TESTLAR
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
t.me/adabiyotquiztest kanalida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 22
April 22
April 22
April 22
April 22