Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.83K subscribers
19.1K photos
1.39K videos
86 files
7.15K links
Download Telegram
Forwarded from SamDVMCHBU Yoshlari (Bobur Kenjayev)
📌Samarqand viloyati “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi "JAYDARI LIGASI" bellashuvlarida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universitetining "MAROQAND" jamoasi final bosqichida 3-o‘rin bilan g‘alaba qozonishdi

Bugun  finalda umumiy 5 ta jamoa ishtirok etishdi.

👉Ipak yoʻli va turizm xalqaro maʼdaniy meroslar universitetining "TURIST" jamoasi
🥇 1⃣-o‘rin

👉 Guliston davlat universiteti "BOJALAR" jamoasi.
🥈 2⃣-o‘rin

👉 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "MAROQAND" jamoasi
🥉 3⃣-o‘rin

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali "IQTISODCHI" jamoasi.
4⃣-o‘rin

👉 Samarqand davlat Iqtisodiyot va servis universitetining "OʻZBEGIM" jamoasi.
🎗 5⃣-o‘rin

🎁 "MAROQAND JAMOASI 3-O‘RINNI G‘OLIBI BO‘LIB TASHKILOTCHILAR TOMONIDAN 1,500,000 mln vaucher va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

🎉 MUBORAK BO‘LSIN "MAROQAND" JAMOASI YUTUQLAR BARDAVOM BO‘LSIN.

🇺🇿https: /t.me/SDVU_Yoshlar_Ittifoqi
Forwarded from VETLEGNEWS
#ISHONCH_TELEFONI / #ТЕЛЕФОН_ДОВЕРИЯ

Қўмитанинг қуйидаги ишонч телефонларига мурожаат қилишингиз мумкин:

+998 71 202 12 00 (#201)
+998 71 276 01 18

👇каналга уланиш👇👇
@VeterinariansUzbekistan
〰️〰️〰️〰️〰️〰️🔗〰️
#СамДВМЧБУ_янгиликлари

🇺🇿🇧🇾 Витебск давлат ветеринария медицинаси Академиясининг маънавий ва маърифий ишлар бўйича проректори,  доцент Д. Н. Федотов Университет қўшма дастур факультети 2-боскич  21-гуруҳи талабалари билан малакавий амалиёт ўтаётган жараёндан фотолавҳалар...

🏛 Ахборот хизмати
Forwarded from Zafarbek Solijonov
29 май O‘zLiDeP съездида Шавкат Мирзиёев ўзининг сайловолди дастури билан таништирмоқда:

🎓Дунёдаги “Топ-500”га кирадиган чет эл олийгоҳлари билан ҳамкорликда камида 50 та қўшма ўқув дастури ва  “икки дипломли тизим” жорий этилади;

🧬 Био-технология, сунъий интеллект ва бошқа юқори технологик йўналишларда йилига 500 нафар истеъдодли ёшларимизни энг нуфузли хорижий олийгоҳларга давлат ҳисобидан ўқишга юборилади;

👩‍🔬 келгуси етти йилда илм-фан ва инновацияларни ривожлантириш учун 1 млрд доллар ажратилади;

🏥 Соғлиқни сақлаш тизими тўлиқ рақамлаштирилади ва тиббий суғурта тизими жорий қилинади.

Шавкат Мирзиёевнинг сайловолди дастуридан:

🚘4 та
нуфузли хорижий компаниянинг лойиҳалари ишга туширилиб, автомобилсозлик соҳасида ҳақиқий рақобат пайдо бўлади ва ишлаб чиқариш ҳажми йиллик 1 миллион донага етказилади (ҳозир 350 минг).

Бунда, йилига 300 мингта электромобиль ишлаб чиқарилади.

Умуман, саноатда қўшилган қиймат ҳажми 20 миллиард доллардан 45 миллиард долларга етказилади.

Йўл-транспорт соҳасидаги режалар:

🛫
Авиақатновлар сони 4 марта оширилади;

🚉Тошкент – Самарқанд, Навоий – Бухоро йўналишларида қўшимча тезюрар темир йўллари қурилади;

Темир йўл соҳасига хусусий сектор жалб қилиниб, хизматлар сифати рақобатбардош нархлар асосида белгиланади;

✈️ 6 та йирик аэропорт модернизация қилинади, хусусий авиакомпаниялар сони 10 тага етказилади;

2030 йилга қадар туман марказларидан ҳар бир қишлоққача – жами 5,5 минг километр цемент-бетон йўллар қурилади ва жамоат транспорти билан тўлиқ қамраб олинади.

🛣️Тошкент – Самарқанд ва Тошкент – Фарғона водийси йўналишларида хусусий шериклик асосида янги автомобил йўллари қурилади.

Батафсил
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Rustam Hayitov)
🔷Maʼnaviyat_yangiliklari

📢 DIQQAT, E’LON! 📢

💥 “SHODLIK, BEG‘UBORLIK BAYRAMIGA MARHABO!”

Barcha professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarimizning farzandlari va nabiralarini taklif etamiz
!

Universitet faollar zalida 2023-yil 1-iyun kuni soat 13:00 da “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni!" shiori ostida “Shodlik, beg‘uborlik bayramiga marhabo!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirida “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Talabalar teatr studiyasi”, “Sozanda yoshlar” to‘garagi a’zolari hamda iqtidorli, ijodkor talaba-yoshlar tomonidan teatrlashtirilgan tomoshalar va diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi.

🔶 Hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar!

🔶 Marhamat, bolajonlar qalbiga bir olam quvonch ulashuvchi bayram tomoshalari siz - azizlarning farzandlaringiz uchun!


🔷Ma'naviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Forwarded from Media Markaz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆REKTOR KUBOGI!🏆


🏆29-may kuni universitet talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan sportning futbol turi bo‘yicha  “REKTOR KUBOGI”  musobaqasining yakuniy final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra:
🥇- O‘rinni Agrotexnologiya fakulteti,               
🥈- O‘rinni Biyotexnologiya fakulteti,
🥉- O‘rinni Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
jamoalari  egaladilar.
G'oliblar Rektor tomonidan kubok, medal, diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.


🙋🏻‍♂️Savol va takliflar: @sardorlukmanov
🎬@mediamarkaz_sdvu
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Rustam Hayitov)
🔷Maʼnaviyat_yangiliklari

UNIVERSITET HAYOTI TARBIYALANUVCHILARDA KATTA TAASSUROT QOLDIRDI

🔶 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X. Yunusov tashabbusi bilan "Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali" direktori D. Davronova boshchiligidagi tarbiyalanuvchilar hamda mahalla yoshlarining universitetga tashrifi tashkil etildi.

Batafsil quyidagi havolada

🔷Ma'naviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Forwarded from Edu.uz
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube