Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.86K subscribers
19.8K photos
1.42K videos
89 files
7.29K links
Download Telegram
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Rustam Hayitov)
🔷Maʼnaviyat_yangiliklari

📢 DIQQAT, E’LON! 📢

💥 “SHODLIK, BEG‘UBORLIK BAYRAMIGA MARHABO!”

Barcha professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarimizning farzandlari va nabiralarini taklif etamiz
!

Universitet faollar zalida 2023-yil 1-iyun kuni soat 13:00 da “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni!" shiori ostida “Shodlik, beg‘uborlik bayramiga marhabo!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirida “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Talabalar teatr studiyasi”, “Sozanda yoshlar” to‘garagi a’zolari hamda iqtidorli, ijodkor talaba-yoshlar tomonidan teatrlashtirilgan tomoshalar va diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etiladi.

🔶 Hurmatli universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlar!

🔶 Marhamat, bolajonlar qalbiga bir olam quvonch ulashuvchi bayram tomoshalari siz - azizlarning farzandlaringiz uchun!


🔷Ma'naviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2023
#imtiyoz

⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​Одамзот ўзига керак бўлган инсонларга талпиниб, ўзи керак бўлган инсонлардан қочади. Оқибатда... ҳеч кимга кераксиз одамга айланиб қолади!

©️ Чарли Чаплин

@𝐇𝐚𝐲𝐨𝐭_𝐅𝐚𝐥𝐬𝐚𝐟𝐚𝐬𝐢
Forwarded from Zarnews.uz
Бугун Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни

Ушбу сана 73 йилдан буён бутун дунёда байрам қилиб келинади.

———-

Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ushbu sana 73 yildan buyon butun dunyoda bayram qilib kelinadi.

Batafsil 👉 https://zarnews.uz/pbeq

Kanalga qoʻshiling: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Andijon viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Navbatdagi manzil Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti boʻldi.

Dastlab vazir institut talabalari bilan muloqot qilib, har bir sohada izlanuvchan, raqobatbardosh kadrlar zarurligi, xususan qishloq xoʻjaligi sohasiga innovatsiyalarni joriy etishda yoshlarning oʻrni muhim ekanini qayd etdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, oʻz bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlariga ahamiyat qaratildi. Vazir shuningdek, Yangi Oʻzbekiston yoshlari bilimli boʻlish bilan bir qatorda yuksak axloqiy meʼyorlarga rioya etuvchi, maʼnaviy barkamol boʻlishlari zarurligini taʼkidladi.

I. Abdurahmonov institutda quyosh panellarini oʻrnatish jarayonlari bilan ham tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Hozirda oliygoh binolarida 50 kVli quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, yangi oʻquv yiliga qadar 578 kV hajmdagi quyosh panellarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shunday soʻng Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalar turar joydagi sharoitlar oʻrganildi. Hozirda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining 2 ta talabalar turar joyida 1 460 nafar yoshlar istiqomat qilyapti. Shu yilning oxirgi ikki oyi davomida institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 300 oʻrinli talabalar turar joyi toʻliq taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Turar joydagi mavjud oshxona, kutubxona, sport va karaoke zallari, “book-сafe” talabalar ixtiyorida.

Yangi oʻquv yilida turar joyga ehtiyoji bor talabalarni toʻliq qamrab olish maqsadida DXSH asosida tadbirkor tomonidan yana 600 oʻrinli talabalar turar-joyida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur bino shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Vazir ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, bu borada oʻz takliflarini berib oʻtdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎁🎁🎁 Bugun_tugilgan_kun
🎁🎁🎁  Happy_birthday

📌 Bugun “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi laboratoriya mudiri Sakina Kagorovnaning tavallud ayyomi. 

💐💐💐Sakina Kagorovnani bugungi tavallud kunlari  bilan  kafedra jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va ularga uzoq umr sihat-salomatlik tilaymiz.

Samimiyat bilan  “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi jamoasi

🏛 Axborot xizmati
#СамДВМЧБУ_янгиликлари

Талабалар бепул тиббий кўрикдан ўтказилмоқда

♦️ Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар Университети  талабалари Кўп тармоқли шаҳар марказий поликлиникаси томонидан тиббий кўрикдан ўтказилмоқда.  Кўрик барча учун бепул, шунингдек, университет ҳамкори бўлган мазкур тиббий муассасанинг малакали мутахассислари томонидан саломатлик борасида ёшларга маслаҳат ва кўрсатмалар бериб борилади. Тиббий ускуналар (анализ ва таҳлиллар учун)   билан жиҳозланган махсус автобус ҳам бугун талаба - ёшлар хизматида бўлди.

🏛 Ахборот хизмати


🔷 Расмий саҳифаларимиз:
http://Ssuv.uz (телеграмм)
https://www.instagram.com/ssuv.education
http://www.facebook.com/ssuv.education