Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.3K photos
1.43K videos
91 files
7.39K links
Download Telegram
#СамДВМЧБУда
🇺🇿🇧🇾 Витебск давлат ветеринария медицинаси Академиясининг маънавий ва маърифий ишлар бўйича проректори,  доцент Д. Н. Федотов айни кунда университет талабалари учун маъруза ва амалиёт дарсларини ўтмоқда.  У қўшма факультет талабалари учун  "Соединительные ткани со специальными свойствами. Жировая ткань" мавзусида маъруза ўқиди.

🏛 Ахборот хизмати
Forwarded from Edu.uz
#e’lon
#abituriyent2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yoshlar” telekanali hamkorlikda “Abituriyent-2023” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Ushbu loyihaga asosan “Yoshlar” telekanalida har payshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha “Abituriyent-2023” ko‘rsatuvi efirga uzatiladi. Unda vazirlik va uning huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili qabuli bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalari yo‘llagan savollarga batafsil javoblar berib boriladi.

“Abituriyent-2023” ko‘rsatuvining ilk soni bugun soat 15:00da efirga uzatiladi. Qabulga doir savollarni Telegramdagi @abituriyent2023bot orqali yuborishingiz mumkin.

Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bolajonlarga_tabrik

Бор бўл, БОЛАЖОН!

Азалдан халқимиз болажон – барча эзгу ниятларини фарзандлари камолида кўради. Сизнинг қувончингиз – демак бизнинг қувончимиз!
Юртимизда Сизлар учун яратилаётган шароитлар, имтиёзлар ва эътиборни кўриб, биз катталар ҳам баъзида бола бўлгимиз келади. Ҳа, сиз ана шундай болажон ўлкада туғилгансиз – болалик – подшолик даврини суринг!
Беғубор дунёингиз, шодон кулгуларингиз билан бизни ҳамиша яхши ва эзгу ишларга илҳомлантиринг!
Ота – онангиз, яқинларингиз, қолаверса Она Ватанингиз бахтига ҳамиша соғ бўлинг!

👉 https://ssuv.uz/uz/news/view3/435
Forwarded from Media Markaz
💥AKADEMIK LITSEYIMIZ IFTIXORLARI!💥

SamDVMChBU akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akdemik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi RQ-4910-sonli qarori bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida fanlardan eng yuqori o‘zlashtirgan hamda chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni taqdirlash maqsadida “Akademik litseyimiz iftixori” deb nomlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🙋🏻‍♂️Savol va takliflar: @sardorlukmanov
🎬@mediamarkaz_sdvu
Forwarded from Media Markaz
💥 “SHODLIK, BEG‘UBORLIK BAYRAMIGA MARHABO!”
deb nomlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faollar zalida barcha professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarning farzandlari va nabiralari uchun «Bolalarga bering dunyoni!” shiori bilan bolajonlar quvonchu sho‘xliklari, shodon kulgulari ostida «Shodlik, beg‘uborlik bayramiga marhabo!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🙋🏻‍♂️savol va takliflar: @sardorlukmanov
🎬@mediamarkaz_sdvu