Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.9K subscribers
20.3K photos
1.43K videos
91 files
7.39K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#imtiyoz

⚡️Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

🔰 Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi hukumatning 402-son qarori (23.06.2020-y.) bilan tasdiqlangan Nizom asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi;

2️⃣ 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

3️⃣ Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

4️⃣ Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

☝️Ariza qoldirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

👉 Qabulga doir foydali ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#e’lon
#abituriyent2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yoshlar” telekanali hamkorlikda “Abituriyent-2023” loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Ushbu loyihaga asosan “Yoshlar” telekanalida har payshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha “Abituriyent-2023” ko‘rsatuvi efirga uzatiladi. Unda vazirlik va uning huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili qabuli bo‘yicha abituriyentlar va ularning ota-onalari yo‘llagan savollarga batafsil javoblar berib boriladi.

“Abituriyent-2023” ko‘rsatuvining ilk soni bugun soat 15:00da efirga uzatiladi. Qabulga doir savollarni Telegramdagi @abituriyent2023bot orqali yuborishingiz mumkin.

Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

#Qabul2023
#Abituriyent2023

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2023

⚡️ Endi yo‘nalishlar kesimida qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini mandat.uzbmb.uz saytidan bilish mumkin

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023/2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube