Savdo-sanoat palatasi
11.1K subscribers
6.07K photos
877 videos
88 files
8.59K links
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy kanali

facebook.com/uzchamber
instagram.com/uzchamber
youtube.com/uzchamber
https://chamber.uz

Murojaat va takliflar uchun 24/7:
+998 (78) 150-60-06
Download Telegram
🇺🇿🇹🇷 Joriy yil 31-may kuni Turkiyaning Bursa shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. Umid Pazilxanov Bursa Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Metin Senyurt bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Bursa Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Murat Bayizit, direktorlar kengashi a’zosi Abidin Sakir Ozen va Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo va investitsiya aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Xususan, uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hamda eksportbop mahsulotlar savdosini yanada takomillashtirish borasida soz bordi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʼrtasida oʼzaro manfaatlar kesishuvining yangi nuqtalarini kashf etishga hamda Bursa investorlari tomonidan respublikamiz hududida to’qimachilik, charm sanoati, quritilgan meva mahsulotlari eksportini yo’lga qo’yish va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, soha investorlari O’zbekistonga tashrif buyurib ichki va tashqi savdo yo’nalishlarida muzokaralar o’tkazishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞🗞

✔️ Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Davronbek Kurbanov 29-30 may kunlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bir qancha salohiyatli eksportyor korxonalarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida eksport ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan to‘qimachilik yo‘nalishidagi “LT Textile International” MChJ XK (Qarshi tumani), “Bunyodkor” MChJ (Koson tumani), “Qamashi Textile” MChJ (Qamashi tumani) korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Koson tumanida Rossiya Federatsiyasining yirik to‘qimachilik korxonasi "Teks Dizayn" MChJ ta‘sischisi I.Bondirov bilan mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish hajmini oshirish, sohada qo‘shimcha qiymat yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, eksport faoliyatini boshlagan “Tat Cola” MChJ, “Ko‘kdala beans” MChJ va boshqa korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularga qo‘shimcha eksport bozorlarini topish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Palata tizimidagi xodimlar ishtirokida viloyatdagi tadbirkorlikni rivojlanishi istiqbollari, amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi kamchiliklar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
İNŞAAT SEKTÖRÜNDE TÜRKİYE İLE İŞBİRLİĞİ

🇹🇷 Özbekistan inşaat malzemeleri üreticileri Türkiye’de düzenlenecek iş forumuna hazırlanıyor
📝📝📝

QURILISH SANOATIDA TURKIYA BILAN HAMKORLIK

🇺🇿 O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan biznes-forumga hozirlik ko‘rmoqda

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

Buxoroda kichik biznesga bu yili 5,9 trillion soʻmga qoʻshimcha yana 2,1 trillion soʻm kredit ajratilishi eʼlon qilindi.

Yigʻilishda aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka koʻmaklashish masalalari koʻrib chiqildi.

Viloyatda bu oy 21,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni va ishsiz, kam daromadli aholini ish va daromad manbalari bilan taʼminlash – strategik vazifa.

‼️Yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorga yordam berib, Buxoroni kambagʻallik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish shartligi haqida ogohlantirdi.

Buxoroda odamlarni ishli qiladigan katta imkoniyat – sanoat zonalari.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida Kogon tumanida 1 ming gektarda yirik sanoat majmuasi barpo qilinmoqda. Birinchi bosqichda 300 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Bu – viloyat iqtisodiyotiga yiliga 250 million dollar qoʻshilgan qiymat, 2 mingta ish oʻrni, 250 milliard soʻm soliq tushumi va 100 million dollar eksport beradi.

Yangi majmua tajribasini, jalb qilingan mutaxassislar bilimini boshqa sanoat zonalariga tatbiq qilish kerakligi aytildi. Mutasaddilarga sanoat zonalari boʻyicha imtiyoz va sharoitlari jozibador boʻlgan yangi qonunlar paketini kiritish topshirildi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlari jadallashtiriladi

“Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-203-son, 30.05.2024y.) qabul qilindi

📃 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentyabrdan:

Tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma'lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko'rish amaliyoti joriy etiladi:

◾️ikki marta ogohlantirishdan so'ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;

◾️qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.

Soliq qo'mitasi har chorakda majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo'lgan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar orasidan har bir hudud kesimida inson omilisiz avtomatik tarzda kamida 10 foizini tanlab olgan holda, ularda nazorat tadbirlarini o'tkazadi hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi uch chorak davomida nazorat qilib boradi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇪🇬 O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari Dilshod Rasulov va Misr Davlatining “AN-Nasr” International Trade korxonasi rahbariyati, O‘zbekistonning Misrdagi Elchixona vakillari hamda Misr savdo vazirligi o’rtasida onlayn formatda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

✍️ Konstruktiv muhokama natijasida, Misrning Port Said shahrida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining qo‘shma Savdo uyi hamda Distibyutorlik va sanoat kooperatsiyasi markazini ochish to'g'risida shartnoma imzolandi.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM