JETmediaUZ
43 subscribers
399 photos
10 videos
1 file
50 links
IT va yuqori texnologiyalar olami. Saytimiz: http://jetmedia.uz
Download Telegram
🔷 Nvidia Broadcast dasturi ko'z qarashni imitatsiya qilishni o'rgandi.

Dastur foydalanuvchi, yohud kamera oldida turgan insonni ko'z qarashini aynan kamera tomonga qaragan xolda imitatsiya qilishni o'rgandi.
Bu imkoniyat boshqa tomonga qaragan xolda strim qilishda ancha as qotadi. Ko'pincha strimerlar kamera yonida yohud ortidagi matnni o'qishganda ko'z qirlari to'g'ridan-to'g'ri kameraga qaratilmaydi. Endi esa barchasi osonlashadi. Faqat dastur xar doim ham to'g'ri ishlay olmayapti. Bu borada esa dasturchilar xali yana izlanish olib borishlari aytib o'tilgan.
Darvoqe, ushbu imkoniyatdan foydalanib ko'rish uchun sizda NVIDIA GeForce RTX video kartalari o'rnatilgan bo'lishi lozim.
https://youtu.be/LAZhgC2uOeE

@jetmediauz
📱2022-yili dunyo bo'ylab ishlab chiqaruvchilar tomonidan 1.2 milliard dona smartfon yetkazib berilgan. 2021-yil bilan solishtirganda bu ko'rsatgich 11%ga kam.

Yetkazib berish bo'yicha yetakchilar:
1️⃣ Samsung – 22%.
2️⃣ Apple – 19%.
3️⃣ Xiaomi – 13%.
4️⃣ Oppo – 9%.
5️⃣ Vivo – 9%.

@jetmediauz
🖥 Ish bilan bo'lib, olma fanatlari uchun muhim sanani o'tkazib yuboribmiz. Bundan 40 yil avval, 19-yanvar 1983-yilda Apple kompaniyasi ilk grafik interfeysga ega LISA personal kompyuterini ommaga taqdim etgan edi.

@jetmediauz
🖥 Noutbuklar yildan-yilga ixchamlashib borgani sari, undagi ba'zi elementlar o'ta ingichka noutbuklar ishlab chiqarish uchun katta to'siq bo'lmoqda.
Jumladan Tezkor xotira (RAM) hozirda yanada ixchamlashtirish yo'nalishida asosiy to'siqlardan biridir. Hozirda SODIMM slotiga boshqa ixchamroq yangi alternativa yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. CAMM 0.5 noutbuklar uchun yangi turdagi RAM platasi ko'rinishi bo'lib, foydalanuvchilar uchun noutbuklarni imkoniyatini oshirish (upgrade) qilish uchun to'siq bo'lmaydi.
Hozirda yangi standart ustida yakuniy ishlar olib borilmoqda va shu yil oxirigacha uni qabul qilish rejalashtirilgan. Agar hammasi o'z vaqtida amalga oshsa, kelasi 2024-yildan ishlab chiqaruvchilar yangi turdagi tezkor xotira qurilmalari asosida noutbuklar ishlab chiqarishlari mumkin bo'ladi.

@jetmediauz
🔷 GitHub o'zida 100 million aktiv dasturchilarni jamlaganini e'lon qildi.
So'nggi 3 oy ichida dasturchilar soni 10 milliondan oshgan.

@jetmediauz
🔗avval va so'ng...
Shkaf quyi qismida analog Mini ATS qurilmasi va unga tegishli sim va patch panel o'zgarishsiz qoldi. Sababi, barcha simlar o'ylanmasdan ulangan. Qayta to'g'irlash, tashkilotni uzoq muddatga aloqasiz qoldirishi mumkin.

@jetmediauz
📡 Janubiy koreyada 6G tarmog'ini 2028-yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Hukumat vakillari ma'lumotiga ko'ra, ular rejalashtirilgan muddatdan (2030-yil) 2 yil avval oltinchi avlod tarmog'ini ishga tushirishga tayyorlar.
Bu borada mamlakatning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 481 million dollar sarmoya bilan ishlar boshlab yuborilgan.
Bunday katta mablag' va shoshqoloqlikning sababi sifatida, Janubiy Koreya o'zini telekommunikatsiya sohasida yetakchiligini saqlab qolishga urinish deya baholanmoqda.

@jetmediauz
🔹Nokia o'z logotipini o'zgartirmoqda...

So'nggi 60 yil ichida logotipning ilk o'zgarishi, kompaniyaning 5G texnologiyasiga bor e'tiborini qaratishi bilan bog'lagan.

@jetmediauz
🔷Microsoft Windows 11 da ChatBotni aktivlashtirish bo'yicha qo'llanma!

Microsoft kompaniyasi Windows 11 - Moment 2 uchun katta yangilanish paketini ishlab chiqti. Ushbu yangilanishda eng asosiy jihat, bu Bing chat botini vazifalar panelida ishlashidir. Bot ChatGPT singari ko'plab savollarga javob bera oladi. Bundan tashqari Bot kerakli ma'lumotlarga yo'llanmalarni ham berib turadi va o'z ilm bazasini to'xtovsiz yangilab bormoqda.
Yangi Bing izlash tizimi hozircha hammada ham ishlayotgani yo'q. Botni aktivlashtirish uchun Githubdan ViveTool 2 ni yuklab olishingiz hamda C:\vivetool papkasiga joylashtirishingiz lozim.
Pusk - Terminal (administrator) ni tanlashingiz lozim.
Buyruqlar panelida c:\vivetool\vivetool addconfig 37969115 komandasini kiritib, ishga tushirishingiz, so'ng kompyuteringizni qayta yuklashingiz lozim.

@jetmediauz

http://jetmedia.uz/recommend/72-microsoft-windows-11-da-chatbotni-aktivlashtirish-boyicha-qollanma.html