Tabriklar
48 subscribers
104 photos
23 videos
2 files
61 links
Eplay ololmayman talab qilishni...
Yer bilan bir bo'lib jonga tegishni...
O'zgalar bir chetdan rom qilganida...
Unutma meni bir eslab qo'yishni....

Hamkor kanallarimiz:
@sheriyatuz
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo’ldim,
Deman bexonumon ovvorayi ikki jahon bo’ldum.

Labing gar bermasa bo’sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo’ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo’ldum.

So’rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so’z bila ko’rungki muncha xo’rdadon bo’ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko’rsattim,
Vale oxir malomat o’qlarig’a-o’q nishon bo’ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o’q hamdoston bo’ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asru zoru notavon bo’ldum.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Yana ko’z uyida ma’vo qilibsen,
Ko’ngul koshonasida jo qilibsen.

Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.

G’aming yo’q jon agar bersam g’amingda,
O’zungni muncha beparvo qilibsen.

Qoshingdin meni o’qdek tashlar uchun
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.

Ko’zumdin yoshurib, ey bahri altof,
Ko’zumning yoshini daryo qilibsen.

Sog’inmas jannatu-l-ma’voni Bobur,
Oning ko’nglida to ma’vo qilibsen.

#BoburDay @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so’zung mul, menging meynon.
Meynon menging, so’zing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur ko’zum, ko’nglum qilurlar magar bordur,
Ko’zunga ko’ngul vola, yuzunga ko’zum hayron.
Hayron ko’zum yuzunga, vola ko’ngul ko’zunga,
Bordur magar, qilurlar ko’nglum, ko’zum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni ko’rdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, ko’rdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8- mart bayramiga bag'ishlanadi ! 😁😁 Xazil )
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.

Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Audio
🎤Audio ijroda:
Pardayeva Maftuna

@Sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami. (.)
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg'ubor mushtipar ayol.
Bo'ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami. (.)
To'lsin quchong'iz gullarga,
Mehr ulashar barcha dillarga.
Gulgin yuzli dilbar sizlarga,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Xonadonimiz doim sarishta,
Yuguradi yeladi har ishda.
Sirli-sirdosh opa-singil sizlarga,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Ko'z yoshi, to'lar chashma durlarga,
Tabassumda ba'zi dardin yashirsa.
Yurak tupida pinhon tutib dil sirin,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Biri ona, opa yo singil,
Qiz farzand bo'lajak - ona.
Shirin so'z, e'tibor gadosi ular,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Qalbimizni yoritgan chiroq,
Metinday sabr-u bardosh.
Mehr chashmasi buloq,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Ochiq yuzli - volidam onam,
Sadoqatli kelin - qizlarim.
Panohida asrasin Robbim sizlarni,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
✍️ Kumush

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
ДЕНГИЗДА

Қандай чексизлик!
Қандай тубсизлик!..

Яйраб яшаш мумкин.

Аммо осмонга ўзини отди
Денгизга сиғмаган бир балиқча.

Шу балиқча билан суҳбат қурсак...
Майлими денгиз,
Дунёнинг торлиги ҳақида,
Осмоннинг борлиги ҳақида!

Бирор наҳанг ютиб юбормасдан
Суҳбат қурсак, майлими?..

Усмон Азим

@sheriyatuz