Tabriklar
49 subscribers
104 photos
23 videos
2 files
61 links
Eplay ololmayman talab qilishni...
Yer bilan bir bo'lib jonga tegishni...
O'zgalar bir chetdan rom qilganida...
Unutma meni bir eslab qo'yishni....


Hamkor kanallarimiz:
@sheriyatuz
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
ОЛИС УТМИШ.

Сукутдамиз иккимиз хам,
Сузлашгали сузимиз йукми.
Вакт утади утиб борар дам,
Нигохинг кадайди юракка укни.
Хаётни атадим сен ила гузал,
Сенсиз яшамок менга душвордир.
Чидадимку сен кетган махал,
Сенсиз хам танамда жоним омондир.
Бахорлар кайтмокда узгача эмас,
Фасллар алмашар уша-ушадир.
Ёнимдан утасан эгиб бошингни,
Кулингда тиллолар куша-кушадир.
Билдим.
Ёринг сени жуда хам севмиш,
Хатто кизгонармиш дайди еллардан.
Юрагим буткил сендан воз кечмиш,
Вафодор ахтарар узга эллардан.
Куп дамларни бирга утказдик,
Хотира эмасми энди барчаси.
Мухаббат кушини нега бузлатдик,
Хамон очик турар уйим дарчаси.
Хаёлларим кулгили бари,
Илож булса ортга бир кайтмок.
Ушал жойда бир бор сен билан,
Егим келар яна музкаймок.

Сукутдамиз иккимиз хам...

Рахматулло Хужаев (Ошик Рахмат)

#muxlisminbari


@sheriyatuz

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://tttttt.me/joinchat/AAAAAD5sz0pDjeFn_IXLJg
Forwarded from She'riyat olami.
📢📢📢📢📢
Siz ijodkormisiz?🤨 She‘rlar yozishga qiziqasizmi?🧐 Ijod na‘munalaringizni boshqalar bilan ulashmoqchimisiz? Unda bu aynan siz uchun!😎

👉👉 👉@MuxlislarBot 👈👈👈

Ijod na‘munalaringizni @MuxlislarBot ga yuboring va #muxlisminbari loyihasi ostida she‘rlaringiz @sheriyatuz kanalida berib boriladi.
(Ha albatta xoziroq yuboring🙂)
Forwarded from She'riyat olami.
O'ynamasdim bunday kuylarga
Shirin azob desa ham ular
Oni keldi tushdim davraga
Turfa kuylar meni o'ynatar

Sevdim uning har bir zarrasin
Bunga u ham befarq emasdi
Ammo tinglab yurak nolasin
U toshbag'ir sevdim demasdi

Zo'rman desa hayotda inson
Yutqizganin bilmay qolarkan
Mansabsizning sevgan yorini
Mansabdorlar sotib olarkan

Yor yor bo'ldi yoriga kulib
Ketti so'zsiz yuragim yulib
Saratonda qolgan yaproqdek
Tugayapti umrim ham so'lib

Baxt tilayman ul yorga bugun
Baxtli bo'lsin o'zga yor bilan
Jigarlarin etib shod ko'ngli
Bir sevgi deb g'amga to'lmasin.

Mo'min RGF 308

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
YOSHLIK.
Biz birgamiz qiyomatgacha,
Birga baxtning qulfini ochdik.
Bolalarning qadamlarida,
Yana qaytib kelasan YOSHLIK.

Oʻtkinchidir umir aslida,
Orzu, umid ham havasida,
Kuz Qish oʻtib Bahor faslida,
Yana qaytib kelasan YOSHLIK.

Axir birga tugʻuldik bizlar,
Yashayapsan barcha yurakda.
Oʻchib ketdi ex qancha izlar,
Yaralasan yangi tilakda.

Muhabbatni allalagan sen,
Maqsad sari qulochni ochdik.
Bir umirga tatigaysan sen,
Yana qaytib kelasan YOSHLIK.

Kimlar seni sogʻinmagan ayt,
Oʻyinqaroq shoʻxlik beboshlik.
Samolarda varrak uchgan payt,
Yana qaytib kelasan YOSHLIK.

Axir qaytib keladi qushlar,
Takror kelar Bahor chiroylik.
Bedor seni izlaydi tushlar,
Yana qaytib kelasan YOSHLIK.

Bitta vujud bitta tandamiz,
Balki sendek mangu boʻlmayman.
Yoshlik, bizlar ojiz bandamiz,
Sen tiriksan men ham oʻlmayman.

RAJAB sheʼrlar.

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
KETARMAN
Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Zor-u nolon bo'lib qolmang izimda.
Bilsangiz ko'z yoshlar endi befoyda,
Sizni unutarman, sizdan kecharman.

Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Hatto, hech kirmayman tushlaringizga.
Nelar kelar, bilmam, xayolingizga,
Mayli, so'ramayman, aslo so'rmayman.

Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Topolmaysiz boshqa bu muhabbatni.
Dilingiz yoritgan bu qaynoq taftni,
"Ortga qayt", -deysiz, lek sira qaytmayman.

Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Do'stingiz bo'ladi g'amgin, shum firoq.
Meni izlaysiz, lek bo'laman yiroq,
Armonga aytarsiz :"Endi netarman?"

Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Nigohlar izlaydi: "Qani ul yor?",- deb.
Parivash, shirinso'z, go'zal dildor deb,
Shunda, holingizni men kuzatarman.

Bir kuni men sizni tashlab ketarman,
Pushaymon bo'larsiz bu jafolarga.
Hali ko'p uchraysiz bevafolarga,
Deysiz: "O'shal yorni qaydan toparman?".

Kun kelib men sizni tashlab ketarman,
Aytay, lek ortimga sira qaytmayman.

21.08.2018

Temirova Zarnigor

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Navoiy

Besh asrdan oshdi chamamda,
Yurtda o‘tgan shunday fidoiy.
Davron surgan nazmiy chamanda,
Tani yerlik, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

,,Orazin yopg‘och "deya so‘zlab,
Lutfda ojiz qildi Lutfiyni.
Yashab o‘tdi haq yo‘lin izlab,
Har nochorning olib ko‘nglini.

Dunyo hali ko‘rganicha yo‘q,
Hech millatda bunday daxoni.
Unga baxo berganicha yo‘q,
Berolmaydi unga baxoni.

Beshta doston besh buyuk tog‘dir,
Yuksaklikka cho‘zgan qo‘lini.
Bizga qolgan bir nazmiy bog‘dir,
Ekib ketgan ming-ming gulini.

U o‘zbekning millat quyoshi,
Ziyo sochmish yurtga fidoiy.
Besh asrdan o‘tsa ham yoshi,
Hamon yashar, ruhi samoviy.
She‘riyatga sulton Navoiy.

✍️ Hamza Eshmurodov.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Ayajon.
Yana tunda uygʻondim choʻchib,
Yana koʻz yosh yana hayajon.
Kularmishsiz yelkamdan quchib,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Kuz. kechasi koʻchada bedor,
Shamollarda uchadi xazon.
Tanish tushni koʻraman takror,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Hech bir narsa oʻzgargani yoʻq,
Oʻsha hovli oʻsha honadon.
Sizlarsiz hech uy toʻlgani yoʻq,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Eski surat sogʻinch entikish,
Uygʻotadi dilda gʻalayon.
Jaranglaydi tanish bir tovush,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Shu ekan deb taqdirga koʻndik,
Holsiz yurib ketyapman bejon.
Bolalikni tuproqqa koʻmdik,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Vaqt izmiga yengilib boʻldim,
Kurashishga qolmadi darmon.
Qumsab sizni tushimda koʻrdim,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Derazaga qoʻngan kapalak,
Onammisan mening jonajon.
Huddi sizdek boshimda halak,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Hovlimizda qolgan izingiz,
Qorlar bosgan hammasi ayon.
Ikki oʻgʻil bitta qizingiz,
Sogʻindikku sizni Ayajon.

Nega inson qismatning quli,
Zarbalari ogʻirdir chunon.
Ochilganda nomozshom guli,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Sogʻinch nima bizlardan soʻrang,
Shu azobdan tilka pora jon.
Armon toʻlgan dillardan soʻrang,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Armon tamin totib koʻrdim men,
Ogʻir tuygʻu tillar bezabon.
Taqdirga tosh otib koʻrdim men,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

Yana tunda uygʻondim choʻchib,
Yana koʻz yosh yana hayajon.
Kularmishsiz yelkamdan quchib,
Sogʻindimku sizni Ayajon.

RAJAB sheʼrlar.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Sizni sog'inmoqqa haqqim yo'q aslo
Sizni sog'inguvchi insoninggiz bor.
Aqlimning naznida bevafo bo'lgan,
Lekin qalbimdagi eng vafoli yor.

Sizni sog'inmoqqa haqqim yo'q aslo,
Axir begonaman, hech kimman sizga.
Sizdan bir iltimos to'qnashsak nogoh,
Qaramay o'taylik bir birimizga.

Hatto qarashga ham haqqim yo'q aslo. ...

Xayrullayeva Marhabo.

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.


Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Hayot vasfi

Ufqning zangor rangi otashin olov,
Dilingni kuydirgan ilk bo'sa misol.
Oshiq orzusidek rohatbaxsh bir ov,
Og'ushda tuyulgan ajoyib visol.
Qaynoq qumliklarda qultumga tashna,
Majnunga aylangan Qaysni ko'raman.
Ilhomga chanqoqlik shoir qonida
Hislar ummoniga cho'kib borarman.
Borliqqa muhabbat tiriklik sharti
Hayot mazmuniku shudir aslida.
Cheksiz tuyg'ularning sof bulog'idan
Qonib simirsinlar bahor faslida.

#muxlisminbari
Mohira O'sarova

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
ТУШЛАРИНГГА КИРМАСЛИК УЧУН

Мактубларинг бунчалар ҳазин,
Ҳар сатрида кўзларинг маъюс.
Тингладим мен аламлар сасин,
Хатинг тўла надомат, афсус.

Тақдир экан, чидайсан, энди,
Тақдир экан, қилурман сабр.
Йиғиларинг юпатгим келди,
Севгим келди аввалги каби...

Қилармишман уйқунгни безоб
Тушларингда кезганча ҳомуш.
Тунларингда тортганча азоб,
Юрармишсан кундуз фаромуш.

Кулгиларим ёқаркан умид,
Қизараркан яноғинг ёниб.
Кўзларингда чақнаганда ўт,
Кетаркансан бирдан уйғониб...

Билолмадим, билмадим ҳануз,
Бунча севги, бунча дард қайдан.
Тушмагандим осмондан ёлғиз,
Тушмагандинг ўзинг ҳам ойдан.

Қароғингдан сачратма учқун,
Унут мени!
Бўлмагин эрмак.
Тушларингга кирмаслик учун
Хаёлингдан чиқишим керак.

Ўткирбек Муҳаммадсобир
Тошкент
25.03.2019
9:15

#muxlisminbari
@sheriyatuz
***
Uyqusizlik bilan bezangan kecha,
Sokin tun kuyini chalar erinmay.
Qo'limda bir parcha qog'oz g'ijimi,
Maktubim tugaydi hali yozilmay.
G'urur - qora ot...
Izhorim tugamas, xo'rsinar oy ham.
Sevgi - oq tulpor!
Xayolchan bu ko'nglim ishi ishq o'yi.
O'ylarim barchasi chalkashar-
Go'dakning bosgan ilk qadami kabi.
Vujudim parchasi yo'qolgan,
Yomg'irdan berkingan quyoshi kabi.
Nomamni yozaman oxiri yo'qdek.
Izhorlar tugamas! yozaveraman,
Yozganlarim esa og'iroyoqdek...
Uyqusizlik bilan bezangan kecha,
Sokin tun o'z kuyin chalar erinmay.
Qo'lda qog'oz g'ijimi, men esa
SENI sog'inaman sira erinmay!...

✍️Husnida Muhammadjonova
17.10.2018.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
🎤 Gulhayo Husanova

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Ming yildirki tirik yashayman,
Ming yildirki o‘rtaydi sog‘inch.
Zahardan ham achchiq pushaymon
Ming yildirki qo‘ymas meni tinch.

Derazadan mo‘ralar armon,
Singan ko‘ngil yoriqlariga.
Ming yil yashab topmadim malham,
Yuragimning og‘riqlariga

Mahzuna Bobomurodova

#muxlisminbari

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Dardlarim poyma-poy,
Hayolim honish
Vujudim alanga
Kòksim tòla nur.
Yurak behalovat
Soğinchdan sòzlar,
Qalbim hissi jòshib
Ğalayon qilur.
Azob,
Azob
Va yana azob
Sukunatda qoldi
Dildagi sabot,
Nasim uchirdimi?
Bilmam,
Qòllarim tutolmay
Qayrildi qanot.
Nega?
Nega?
sòroqlayverar
Nafrat chalgalida qolganicha QALB.......

GULHAYO HUSANOVA


#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Katta yo'l. Katta ko'cha,
Shovqinli kun. Sershovqin tun.
Zulmat-la yorug'lik almashgan kecha,
Ishqsiz qalblar qarini qoplagan tutun.

Shum taqdir. Shu taxqir "Hayot o'yni" da,
Ruhimni maydalab... Maydalab so'ydim.
Bu hissiz shaharning ulkan qo'ynida,
Ishq to'la ko'nglimni yo'qotib qo'ydim,
Ko'ngil to'la ishqni yo'qotib qo'ydim.

✍️ Husnida Muhammadjonova

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.


Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Ko'nglingiz qiynamasin havotir
Bu dardlar tez kunda tugaydi ohir
Har bir yurtdoshimga tilayman sabr
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Ma'suliyatli rahbar bo'lar siz kabi
Dushman ham ketadi, bizlardan nari
Boshlanar to'ylaru, bayramlar bari
Yurdboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Maktabga qaytamiz, bilim olamiz
Bog'chalarga borib, gullar teramiz
Nasib etar birma-bir to'p ham o'ynarmiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Bobolarimiz, momolarimiz Yo OLLOH,
Ziyorat qilishar, ochilib Ka'batullohl
Robbim qo'llar bandasin, Inshaolloh
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Tunu kun hech bir, tinim bilmaysiz
Necha kundan buyon orom olmaysiz
Halq manfaatini doim o'laysiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Ollohdan so'raymiz sizni umringiz
Kerak bo'lsa beramiz boru yo'g'imiz
Siz uchun fido bo'lsin jonimiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Siz aytgandek birlashib, dengiz bo'lamiz
Har qanday dushmanni birga yengamiz
Siz uchun, siz uchun faqat Uydamiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.



4sinf o'quchchisi Baratova Ranohon
Farg'ona sh. 41-o'rta ta'lim maktabi.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
ЭСИМГА ТУШДИ

Мотамсаро она пойида туриб, эсладим - эсимга шаҳидлар тушди.
На бир гуноҳи йўқ, на бир озори - Аллоҳнинг номидай тавҳидлар тушди.
Ватан дея ёнган, куйган ўшалар, ёрини қучолмай кетган ўшалар,
Кўксини душманнинг туғига тутган- мардларнинг мардлиги эсимга тушди.

Фронтнинг ортида оч-наҳор қолиб бор-будин урушга жўнатган отам,
Саккиз ёшлигида отнинг ўрнида - омоч тортган онам эсимга тушди.
Оч қолиб очликдан ўлмаслик учун кунжара еб шишб ўлган болалар,
Шу пайти эсимга яна уларнинг- жанозасиз кетган маййити тушди.

Эвоҳ, бугунги кун кимлардир, билмам, ястаниб кресло-оромкурсига-
Демишки, бу уруш ҳисобга ўтмас, негаки улуғмас, ватан урушимас.
Чунки Гитлер қотил, Сталин золим, қотил ва золимнинг урушидир бу,
-Майли руҳларига фотиҳа ўқинг, аммо қурбонликлар ҳисобга ўтмас.

Билмам, бундай зотлар қайдан дўраган, наҳот ўлган бобонг улуғ бўлмаса,
Бобонгни урушга жўнатиб кейин – фарёд қилган момонг улуғ бўлмаса?
Яшаяпсан бугун шулар ортидан, тинчгина чайқалиб оромкурсида,
Улардан қолгани мана шу ватан- наҳот ушбу ВАТАН улуғ бўлмаса?

Мотамсаро она пойида туриб – мардлар ҳам, номард ҳам эсимга тушди...

Мирзабек Жапақов,
Хоразм.

#muxlisminbari
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.


Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz